Jabbor Oʻsarov
Jabbor Eshbekovich Oʻsarov | |
---|---|
Tavalludi |
20-aprel 1968-yil Nurota tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | fizik olim |
Sohasi | pedagogika |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Jabbor Eshbekovich Oʻsarov (1968-yil 20-aprel, Nurota tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2019), professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jabbor Oʻsarov 1968-yil 20-aprel Nurota tumanida tugʻilgan. 1985—1993-yillarda Toshkent davlat universiteti fizika fakultetida tahsil olgan. 1989—1991-yillarda Toshkent shahar qurilish boshqarmasida duradgor, 1991—1993-yillarda Toshkent irrigatsiya va meloriatsiya instituti fizika kafedrasi laboranti, 1993—1996-yillarda Qoʻshrabot tumani 34-oʻrta maktabning fizika-matematika fani oʻqituvchisi, 1996—2006-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi akademik litseyda fizika fani oʻqituvchisi, 2006—2013-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti qoshidagi akademik litseyning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2013—2014-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi 3-son akademik litsey direktori, 2014—2015-yillarda „News Arena“ gazetasi bosh muharriri, 2015—2017-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti katta ilmiy xodimi, 2017—2018-yillarda universitetning fizika kafedrasi oʻqituvchisi, 2018—2019-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyda boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan. 2019-yildan Chirchiq pedagogika instituti pedagogika fakulteti dekani.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2005-yilda „Akademik litseylarda fizika taʼlimi samaradorligini oshirish jihatlari“ mavzusida nomzodlik, 2019-yilda „Tayanch va fanga oid kompetentsiyalar asosida taʼlim mazmunini takomillashtirish va oʻquvchilar kompetentligini rivojlantirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 150 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, maktab, kollej, akademik litseylar uchun fizika darsligi muallifi. Turon Fanlar akademiyasi akademigi (2022).
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni (2001);
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011);
- „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʼkrak nishon (2014);
- „O'zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi“ esdalik nishoni (2022)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.