Kontent qismiga oʻtish

Jabrail Shapiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jabrail Shapiyev
Jinsi Erkak
Ismi Jabrail (Javrail) Nurmagomedovich Shapiyev
Fuqoroligi Rossiya / Oʻzbekiston
Sport erkin kurash
Klubi Kayakent sport maktabi

Dinamo (Maxachkala)

Dinamo (Toshkent)

Tugʻilgan sanasi 1997-yil 20-aprel (25 let)
Tugʻilgan joyi Izberbash, Dogʻiston, Rossiya
Sportdagi faoliyati 2010—h.v.
Murabbiylari Magomed MagomedovRasul Gadisov
Ogʻirligi 84–86 kg

Jabrail (Javrail) Nurmagomedovich Shapiyev (1997-yil 20-aprel, Izberbash, Dogʻiston, Rossiya) – rossiyalik, keyin esa oʻzbek erkin kurashchisi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Sportdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab Kayakent sport maktabida Magomed Magomedov rahbarligida shugʻullangan, garchi u Izberbashda yashagan boʻlsa-da, keyinchalik Maxachkalaga koʻchib oʻtgan, Oliy sport mahorati maktabida Rasul Gadisov bilan birga shugʻullangan. 2014-yil mart oyida Vladikavkazda yoshlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida gʻolib chiqqan[1]. 2014-yilning may oyida Bolgariyada oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan[2]. 2019-yil oktabr oyida Grozniyda oʻtkazilgan Axmat Qodirov kubogining kumush medali sovrindori boʻlgan[3]. 2021-yil aprel oyida Olma-Otadagi Osiyo saralash turnirida Tokio Olimpiadasi litsenziyasini qoʻlga kiritgan[4]. 2021-yil iyun oyida Kaspiyskda Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnirda gʻolib chiqqan[5]. 2021-yil 5-avgust kuni 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlarida bronza medali uchun kurashda rossiyalik Artur Naifonovga yutqazib, natijada 5-oʻrinni egallagan[6].

2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jabrail Shapiyev 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining Gruziya vakili Vladimeri Gamkrelidzeni 5:1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. Chorak finalda bolgariyalik Magomed Ramazanovga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan. Ramazanov finalgacha yetib borgani sababli Shapiyevda bronza medal uchun oʻtish bahslarida qatnashish imkoni tugʻildi. Kanadalik raqibi Alex More ustidan 6:1 hisobida g'alabaga erishdi. Bronza uchun bahsda AQSh vakili Aaron Brooksga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Olimpiada bahslarini beshinchi oʻrinda yakunladi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akasi: Isa Shapiyev ham erkin kurashchi, Rossiya terma jamoasida oʻynagan, hozir Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi[7].

Sportdagi natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya uchun

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2014-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati – 1st;
  • 2015-yilgi Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnir – 5-oʻrin;

Oʻzbekiston uchun

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati – 3rd;
  • 2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati – 15-oʻrin;
  • 2018-yilgi kurash boʻyicha Osiyo chempionati – 5-oʻrin;
  • 2018-yilgi Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnir – 2nd;
  • 2018-yilgi Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati – 13-oʻrin;
  • 2019-yilgi Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnir – 3rd;
  • 2019-yilgi Aleksandr Medved sovrinlari uchun turnir – 2nd;
  • 2019-yilgi Kurash boʻyicha jahon chempionati – 12-oʻrin;
  • 2019-yilgi Qitʼalararo kubok – 3rd;
  • 2021-yilgi Kiyev xalqaro turniri – 3rd;
  • 2021-yilgi Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnir – 1st;
  • 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlari – 5-oʻrin;