Jack Grealish
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jack Peter Grealish[1] | ||
Tavallud sanasi | 10-sentyabr 1995-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Birmingham, Angliya | ||
Boʻyi | 5 fut 9 inches (1.75 m)[3] | ||
Ampluasi | Hujumkor yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Manchester City | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2001 | Highgate United | ||
2001-2013 | Aston Villa | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013-2021 | Aston Villa | 185 | (29) |
2013-2014 | → Notts County (ijara) | 37 | (5) |
2021- | Manchester City | 26 | (3) |
Milliy terma jamoa | |||
2011-2012 | Irlandiya U17 | 7 | (3) |
2012-2013 | Irlandiya U18 | 6 | (2) |
2013-2014 | Irlandiya U21 | 6 | (1) |
2016-2017 | Angliya U21 | 7 | (2) |
2020- | Angliya | 23 | (1) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (15-may uchun) |
Jack Peter Grealish (1995-yil,10-sentyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Manchester shahrining " Manchester Siti " klubi va Angliya terma jamoasida vinger va hujumkor yarim himoyachi sifatida to‘p suradi.
Grealish olti yoshida „Aston Villa“ safiga kelib qo‘shildi va 2014-yilning may oyida Notts Kauntida ijaraga olingandan so‘ng klubdagi debyutini o‘tkazdi. 2021-yilda Grealish „Manchester Siti“ ga 100 million funt sterling evaziga transfer qilindi va bu uni eng qimmat ingliz futbolchisiga aylantirdi.
Angliyada tugʻilgan va ajdodlari irlandiyalik boʻlgan Grealish Angliya yoki Irlandiya terma jamoalarida xalqaro miqyosda musobaqalarda ishtirok etishi huquqi berildi va Grealish 2016-yil aprel oyida Angliyada oʻynash qarorini tanladi. Oldin Irlandiya U21 jamoasida toʻp tepgan edi. U birinchi marta 2016-yil may oyida U21 Angliya terma jamoasida oʻynadi va 2016-yilgi Toulon turnirida gʻolib chiqdi.
Yoshlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Grealish Gʻarbiy Midlend shtatining Birmingem shahrida tugʻiladi. Uning bolaligi Solihull shahrida oʻtadi[4]. U Rim-katolik boshlangʻich maktabi va Solihulldagi Avliyo Peter Rim katolik oʻrta maktabida oʻqigan[5].
U irlandiyalik boʻlib, onasi Dublin okrugidan boʻlgan, otasi Kerri okrugidagi Sneemdan boʻlgan[6][7][8]. Grealish 10 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan Camogie klubida futbol oʻynagan. U Camogie klubida sobiq Aston Villa va hozirgi „Manchester Yunayted“ himoyachisi, maktabdagi sinfdoshi Aoife Mannion bilan raqobatlashdi[9].
Grealishning ukasi Keelan 2000-yil aprel oyida toʻqqiz oyligida toʻsatdan vafot etdi[10].
Uning katta bobosi Billi Garraty ham futbolchi boʻlgan, 1905-yilda Aston Villa bilan Angliya kubogi finalida gʻolib chiqqan[11][12].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil mart oyida Grealish hukumatning COVID-19 qoidalariga nisbatan uyda qolish boʻyicha koʻrsatmalarini buzganligi aniqlandi va Aston Villa tomonidan jarimaga tortildi[13]. Grealish Buyuk Britaniyada to‘qqiz oyga mashina haydash huquqidan mahrum qilindi va 2020-yilning mart va oktyabr oylarida ikki marta ehtiyotsizlik bilan haydashda aybdor deb topilib, 82 499 funt sterling miqdorida jarimaga tortildi, kameralarda u yo‘lda burilish paytida to‘xtab turgan bir nechta mashina bilan to‘qnashib ketgani tasvirga olingan[14].
Oʻyin uslubi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Texnik jihatdan iqtidorli oʻyinchi hisoblangan Grealish qanot yarimhimoyachisi (odatda chap qanotda, bu holat unga oʻng oyogʻida ichkariga kesib uzatiladigan passlar imkonini beradi) yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida ham oʻynaydi[15][16][17]. „Manchester Siti“dagi faoliyati davomida u vaqti-vaqti bilan bosh murabbiy Pep Gvardiola tomonidan markaziy hujumchi rolida ham oʻynatilgan [18].
Klub bilan yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aston Villa yoshlari
- NextGen seriyasi: 2012-13[19]
Aston Villa
- EFL chempionati pley-off bosqichi: 2019[20]
- Angliya kubogi sohibi: 2014-15[21]
- EFL kubogi sohibi: 2019-20[22]
Manchester Siti
Angliya
- UEFA Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrinchisi: 2020[24]
Shaxsiy yutuqlar
- FAI 17 yoshgacha boʻlgan irlandiyalik yil oʻyinchi: 2012[25]
- FAI 21 yoshgacha boʻlgan irlandiyalik yil oʻyinchi: 2015[26]
- Aston Villa mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2014-15
- Yilning PFA jamoasi: 2018-19 chempionati[27]
- Aston Villa mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2019-20[28]
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2021/22 Premier League squads confirmed“. Premier League (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Jack Grealish: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
- ↑ „Jack Grealish: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
- ↑ Percy, John; Wilson, Jeremy; Edwards, Luke. „Aston Villa's Jack Grealish could spark international tug-of-war between Ireland and England“. The Daily Telegraph (2015-yil 20-aprel). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-may.
- ↑ Evans, Gregg. „Aston Villa: Playing with Callum Reilly made me competitive, says Jack Grealish“. Birmingham Mail (2014-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 31-may.
- ↑ Fallon, John. „Jack Grealish poised to commit to Ireland senior squad“. The Irish Times (2014-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
- ↑ Glendenning, Barry. „Jack Grealish turning into the real deal as he keeps his options open“. The Guardian (2014-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 12-sentyabr.
- ↑ Rostron-Pike. „Exclusive – Jack Grealish faces tough decision about England future, claims father“. Talksport (2015-yil 21-aprel). Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
- ↑ Brown. „Mannion: Mixed Gaelic football games toughened me up“. Aston Villa F.C. (2012-yil 13-iyul). 2015-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Kendrick, Mat. „The family tragedy that inspires Aston Villa's Birmingham City derby hero Jack Grealish“. Birmingham Mail (2018-yil 8-aprel). Qaraldi: 2019-yil 11-mart.
- ↑ Kendrick, Mat. „Aston Villa v Arsenal: This 1905 FA Cup winner is related to a current Villa star – find out who“. Birmingham Mail (2015-yil 26-may). Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
- ↑ „Player info: William Garraty“. Englandstats.com. Davey Naylor. Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
- ↑ „Club statement“. Aston Villa F.C. (2020-yil 30-mart). Qaraldi: 2020-yil 27-avgust.
- ↑ „Jack Grealish banned from driving for nine months and fined after pleading guilty to careless driving“ (2020-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.
- ↑ Glendenning, Barry. „Jack Grealish turning into the real deal as he keeps his options open“. The Guardian (2014-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 14-oktyabr.
- ↑ Tighe. „Jack Grealish Will Be the Emerging Face of the Premier League This Season“. Bleacher Report (2015-yil 13-iyul). Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
- ↑ Brotherton, Alex. „Jack Grealish proves he is the best in Europe and worth £100m to Man City“. Manchester Evening News (2021-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
- ↑ „Guardiola explains important Grealish role“. www.mancity.com (2022-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
- ↑ Percy, John. „NextGen Series Final: Chelsea U19 0 Aston Villa U19 2“. The Daily Telegraph (2013-yil 1-aprel). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-sentyabr.
- ↑ Woodcock, Ian. „Aston Villa 2–1 Derby County“. BBC Sport (2019-yil 27-may). Qaraldi: 2019-yil 27-may.
- ↑ McNulty, Phil. „Arsenal 4–0 Aston Villa“. BBC Sport (2015-yil 30-may). Qaraldi: 2018-yil 31-may.
- ↑ McNulty, Phil. „Aston Villa 1–2 Manchester City“. BBC Sport (2020-yil 1-mart). Qaraldi: 2020-yil 1-mart.
- ↑ Veevers. „England under-21s lift Toulon title after win over France“. The Football Association (2016-yil 29-may). Qaraldi: 2017-yil 17-dekabr.
- ↑ McNulty, Phil. „Italy 1–1 England“. BBC Sport (2021-yil 11-iyul). Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
- ↑ „Stars honoured at 23rd International Awards“. Football Association of Ireland (2013-yil 4-fevral). Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
- ↑ „Video: Grealish set to return to Ireland set-up“. RTÉ Sport (2015-yil 22-mart). Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
- ↑ „Championship: Norwich and Leeds dominate PFA selection of team of 2018–19“. BBC Sport (2019-yil 24-aprel). Qaraldi: 2019-yil 25-aprel.
- ↑ „Jack Grealish voted Supporters' and Players' Player of the Year“. Aston Villa F.C. (2020-yil 7-avgust). Qaraldi: 2020-yil 7-avgust.