Kontent qismiga oʻtish

Jahonda turizm tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Butunjahon Turizm Tashkiloti (inglizcha: World Tourism Organization) jahon mamlakatlarida sayyohlikni targʻib qilish, aholining millati, dini, tili, irqi, kelib chiqishidan qatiy nazar umumiy inson huquqlari va iqtisodiy faravonlik, oʻzaro anglashuv, tinchlik, oʻzaro hurmat ruhida turizm muhitini tashkil etuvchi yirik tashkilot hisoblanandi. Butunjahon Turizm Tashkiloti – rivojlanayotgan mamlakatlarda turizmni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratadi.

UNWTO
Butunjahon Turizm Tashkilotining logotipi

Turizmning istiqbollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro turizm xalqaro iqtisodiy faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanandi, jahon xoʻjaligining tuzilishi, umumiy holatiga, shuningdek, dunyoning aksariyat mamlakatlari va alohida mintaqalari iqtisodiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan murakkab va salohiyatli soha sanaladi. Turizmni rivojlantirish iqtisodiyotning transport, aloqa, savdo-sotiq, qurilish, milliy hunarmandchilik, qishloq xoʻjaligi, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish kabi tarmoqlariga ragʻbatlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi va iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishning eng istiqbolli yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Turizm rivojlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turizm rivojlanishiga taʼsir koʻrsatuvchi asosiy omillar quyidagilar.

  1. Mamlakatda oʻrtacha maoshning yuqoriligi.
  2. Aholining sogʻlomlashtirish va sayohatga boʻlgan qiziqishi.
  3. Milliy iqtisodiyotda inson omilini toʻliq tiklash uchun taʼtil muddatlarining koʻpligi.
  4. Qarindoshchilik aloqalari.
  5. Xalqaro biznes va anjumanlar.
  6. Aholining rekreatsion hududlarga boʻlgan extiyoji yuqoriligi
  7. Sport musobaqalari

Jahon turizmidagi pasayishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon turizmi jahon iqtisodiyotining eng yirik tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Oxirgi oʻttiz yillikda dunyo boʻylab sayyohlar soni qariyb 4 baravarga oshgan, turizmdan tushgan daromad esa 25 baravardan koʻproqga oshgan. Ammo 2019-yilda boshlangan global pandemiya ham turizmni cheklab oʻtmagan, xususan butun jahon boʻylab 2019-yilda turizm salmogʻi oʻsishi 2018-yilga nisbatan +4% ni tashkil etgan boʻlsa, 2020-yilda 2019-yilga nisbatan jahon boʻylab sayyohatlar −73% gacha pasaydi. 2021-yilda esa −88% gacha pasayish kuzatildi. Jahon turizm industriyasi 2021-yilgacha besh yil ichida yillik 4,3% ga yoki 1,3 trillion dollargacha kamaygan. Besh yillik davrning aksariyat qismida global turizm yaxshi natijalarga erishdi, rivojlanayotgan mamlakatlar oʻsishni ragʻbatlantirishda davom etmoqda. Bundan tashqari, Osiyo va Janubiy Amerika mamlakatlarida aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadlar jadal sur’atlarda oʻsib bordi, bu esa ushbu hududlardagi isteʼmolchilarga koʻproq chet elga sayohat qilish imkonini berdi. Biroq, COVID-19 (koronavirus) pandemiyasi tufayli sanoat daromadi 2020-yilda qariyb 50,0% ga kamaydi. Global epidemiya turizm bilan bogʻliq boʻlgan barcha sohalarga katta taʼsir koʻrsatdi. Jumladan dunyo mintaqalarida turizm sohasida COVID-19 pandemiyasi katta pastlashlarga sabab boʻldi[1].

Jahonda 2019-yildan 2021-yilgacha sayyohlar salmogʻining oʻzgarishi
Tartib raqam Sayyohlik mintaqalari 2019-yilda sayyohlar oqimining oʻzgarishi 2020—yilda sayyohlar oqimining oʻzgarishi 2021—yilda sayyohlar oqimining oʻzgarishi
1 Amerika +2 % −68 % −71 %
2 Yevropa +4 % −69 % −83 %
3 Oʻrta Sharq +7 % −74 % −78 %
4 Afrika +2 % −74 % −81 %
5 Osiyo va Tinch Okeani +4 % −84 % −94 %

Jahon Mehnat bozorida Turizmning oʻrni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dunyoda turizm va rekreatsiya rivojlangan davlatlarning YaIM tarkibida juda katta ulushga ega hisoblanadi. YaIMdaning tarkibida yuqori katta ulushga ega boʻlgan mamlakatlar asosan orol mamlakatlar, ekoturizm imkoniyatlariga ega davlatlar shuningdek uzoq tarixga ega boʻlgan davlatlat iqtisodiyotida turizm yetachi tarmoq hisoblanandi. Jumladan Amerika qitʼasidagi Karib dengizi mamlakatlari, Okeaniya mamlakatlari, tarixiy obidalarga boy boʻlgan Gretsiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Turkiya, Italiya, AQSh, Misr, Xitoy kabi davlatlar iqtisodiyot tarkibida turizm asosiy daromadli sohalardan biri hisoblanandi. Turizm yuqori rentabelli tarmoq boʻlib, jahonda eng koʻp mehnat ishvchisi band boʻlgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. 2022-yil maʼlumotlariga koʻra jahonda turizm sohasida 8076719 ishchi xizmat qilmoqda. Dunyoning baʼzi mamlakatlari iqtisodiyoti xalqaro turizmning rivojlanishiga jiddiy bogʻliq, chunki u amalda mamlakatda valyuta tushumlarining yagona manbai hisoblanadi (Okeaniya davlatlari, Karib dengizi davlatlari, Maldiv orollari shular jumlasidan)[2]. Jahon boʻylab tashqi va ichki turizmni hisobga olsak, har yili dunyo aholisining deyarli yarmi sayyohga aylanadi. Jahonda yiliga 7,9 milliard kishidan 1 milliarddan ziyod inson sayyohga aylanadi. Bu esa jahon sayyohlik bozori va sayyohlarni qabul qilish, xizmat koʻrsatishda orqali har qanday davlatning iqtisodiyotida qoʻshimcha daromad, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilishiga olib keladi.

Jahonda eng koʻp ishchi kuch band boʻlgan tarmoqlar (2022-yil)
Tarmoq Jami band kishi
1 Elektronika 17430492
2 Koʻchmas mulk 17160174
3 Fasfood 13458146
4 Ish bilan taʼminlash 9675210
5 Kiyim ishlab chiqarish 8918483
6 Xalqaro mehmonxona va kuortlar 9571254
7 Koʻmir qazib olish 8918848
8 Jahon turizmi 8076719
9 Avtomobilsozlik 8060047

Jahonda turizmdan eng yuqori daromad oluvchi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon mamlakatlari orasida asosan rivojlangan davlatlarda yillik sayyohlar tashrifi yuqori hisoblanadi. Rivojlangan davlatlarda viza rejimining soddaligi va shuningdek xavfsizlik, arzon turizm, xizmat koʻrsatish sohalari juda yaxshi yoʻlga qoʻyilganligi, shuningdek tarixiy obidalarga boyligi yoki ekoturizm salohiyati yuqoriligi sabab yiliga juda katta miqdorda daromad davlat iqtisodiyotiga tushadi[3].

2017-yil yakunlariga koʻra jahonda turizm sohasida eng yirik mamlakatlarning turizmdan tushgan yillik daromad miqdori
Mamlakat Yillik daromad (mlrd AQSh dollarida)
1 AQSH bayrogʻi AQSh 211
2 Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 68
3 Fransiya bayrogʻi Fransiya 60,7
4 Tailand bayrogʻi Tailand 57
5 Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 51,2
6 Italiya bayrogʻi Italiya 44,2
7 Avstraliya bayrogʻi Avstraliya 41,7
8 Olmoniya bayrogʻi Olmoniya 39,8
9 Makao bayrogʻi Makao 35,6
10 Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 28,7
11 Gon Kong bayrogʻi Gonkong 35,6
12 Xitoy bayrogʻi Xitoy 32,6
13 Hindiston bayrogʻi Hindiston 27,4
14 Turkiya bayrogʻi Turkiya 22,5
15 Meksika bayrogʻi Meksika 21,3