Jalolobod davlat universiteti
Qiyofa
qirgʻizcha: Жалал-Абад Мамлекеттик Университет | |
Shiori | Universitet Qirg'iziston va boshqa mamlakatlar talabalariga sifatli ta'lim berishni maqsad qilgan. |
---|---|
Turi | davlat universiteti |
Asos solingan sanasi | 2-aprel 1993-yil |
Rektori | Prof. Keneshbek Usenov Jhumabekovich |
Joylashuvi |
Jalolobod , Qirgʻiziston |
Kampusi | zamonaviy |
Veb-sayti | https://jasu.kg |
Jalolobod davlat universiteti[1] (qirgʻizcha: Жалал-Абад мамлекеттик Университет) — 1993-yil 2-aprelda Qirgʻizistonning Jalolobod shahrida amaldagi oʻquv muassasalari asosida tashkil etilgan.
Bu tibbiyot, elektronika, energetika, qurilish, agrosanoat majmuasi boʻyicha oliy maʼlumot olish uchun moʻljallangan davlat muassasasidir.
Universitet haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]JaDU da 10,000 ga yaqin talabalar tahsil olishadi, 700 dan ortiq oʻqituvchilar, shu jumladan 15 fan doktorlari va professorlar, 116 fan nomzodlari va dotsentlar ishlaydi. Bun yerda Hindiston, Eron, Isroil, Qozogʻiston, Nepal, Pokiston, Falastin, Suriya, Turkiya, Turkmaniston, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Oʻzbekistondan kelgan 1000 ga yaqin talabalar tahsil oladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jalolobod Davlat Universiteti (JaDU) 1993-yil 2-aprelda amaldagi oʻquv yurtlari asosida tashkil etilgan.
- Pedagogika fakulteti 1926-yilda tashkil etilgan va 1947-yilda zoopark veterinariya texnik maktabi (Jalolobod shahrida) tashkil etilgan.
- 1963-yilda Qorakoʻlda Frunze politexnika institutining filiallari tashkil etildi; Toshkoʻmirda 1990-yilda tashkil etilgan.
- Muhandislik-texnik fakulteti 1981-yilda tashkil topgan (Qoʻchqor-Ota).
- Elektromexanika texnik fakulteti 1965-yilda tashkil topgan (Mayluu-Suu)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Jalal-Abad State University“ (inglizcha). Jalal-Abad State University. 16-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2018-yil.