Kontent qismiga oʻtish

James Jeans

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sir James Hopwood Jeans (11-senatbr 1877 — 16-sentabr 1946) — ingliz fizigi, astronomi va matematigi, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1906), Qirollik astronomiya jamiyati prezidenta (1925—27). Asosiy ilmiy ishlari nazariy fizika (gazlar kinetik nazariyasi, nurlanish nazariyasi) va astrofizikaga doir. James Jeans mutlaq qora jism spektrida energiyaning tarqalish formulasini chiqardi. Astronomiya boʻyicha — James Jeans tez aylanayotgan suyuq jismlar evolyusiyasi natijasida qoʻshaloq yulduzlar paydo boʻlishi yoki jismning yassilanib spiral tumanliklar paydo boʻlishi nazariyasini ilgari surdi. James Jeansning qator ishlari yulduzlarning ichki tuzilishi va evolyusiya nazariyasiga bagʻishlangan. James Jeans kosmogonik gipoteza muallifi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

The Dynamical Theory of Gases