Kontent qismiga oʻtish

James Patterson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
James Patterson

James Brendan Patterson
Tavalludi 22-mart 1947-yil
Nyuburg, AQSh
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1]
Fuqaroligi AQSh
Turmush oʻrtogʻi Susan Patterson
Bolalari 1

Jeyms Brendan Patterson (inglizcha: James Brendan Patterson,1947-yil 22-martda, Nyuburg shahrida tugʻilgan) – amerikalik triller va detektiv romanlar muallifi. U inspektor Aleks Kross haqida yozgan romanlar seriyasi bilan mashhur. Patterson shuningdek, detektiv Maykl Bennet haqida 4 ta roman va „Ayollar qotillik klubi“ nomi ostida 11 ta roman, shuningdek, koʻplab mustaqil asarlar yozgan.

Forbes jurnali[2][3] reytingida 2019-yilgi 70 million dollar daromadi bilan ikkinchi oʻrinni egallagan[4].

1996-yilda Patterson nafaqaga chiqadi va boʻsh vaqtini roman yozishga bagʻishladi. Uning aksariyat asarlarining qahramoni Aleks Kross, Vashington politsiya departamenti va Federal qidiruv byurosining sobiq sud-psixologi, hozirda xususiy psixolog va hukumat maslahatchisi sifatida ishlaydi. Kross birinchi marta 1993-yilda „ Oʻrgimchak keldi“ romanida paydo boʻlgan. Kross obrazi Patterson oʻquvchilarining sevimli qahramoni. Soʻnggi 10 yil ichida Aleks Kross seriyasi AQShda eng koʻp sotilgan romanlar toʻplami boʻldi.

33 yil davomida Patterson 65 ta roman yozgan. Bugungi kunga qadar uning romanlari 19 marta New York Times bestsellerlarining birinchi qatorida boʻlgan. Shunigdek bitta muallifning bestsellerlari soni boʻyicha rekord oʻrnatgan (56) uchun, u Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Soʻnggi yillarda uning romanlari Stiven King, Jon Grisham va Den Braun asarlarini birlashtirgandan koʻra koʻproq nusxada sotilgan.

U olgan mukofotlar orasida Edgar Allan Po mukofoti, Yilning xalqaro trilleri, Bolalar tanlovi: Yilning eng yaxshi kitobi bor. U „Simpsonlar“ multfilmining „Yokel akkordlari“ epizodida va „Qal’a“ teleserialining bir nechta epizodlarida aktyor sifatida ishtirok etgan.

Patterson Maksin Paetro, Endryu Gross va Piter Dexonge kabi boshqa mualliflar bilan hamkorlik qilishni yoqtiradi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday hamkorlik uning hikoyalariga yangi va qiziqarli gʻoyalarni olib keladi. 2010-yilda u shved yozuvchisi Liza Marklund bilan „Qotilning otkritkasi“ kitobida birga ishlagan. Kitob Yevropa boʻylab yosh er-xotinlarning oʻldirilishi bilan bogʻliq qotillik tergov qilinayotgan Stokgolmda boʻlib oʻtadi. Kitob birinchi marta Shvetsiyadagi javonlarida, shundan keyingina AQSh va butun dunyoda paydo boʻldi. Patterson 2009-yil sentyabr oyidan 2012-yilgacha kattalar uchun 11 ta va bolalar uchun 6 ta kitob yozish uchun shartnoma imzoladi. Forbes xabariga koʻra, kelishuv narxi kamida 150 million dollarga teng, ammo Pattersonning aytishicha, narx muhokama qilinmoqda.

2005-yilda Patterson kitoblar va oʻqishga qiziqishni oshirishning original va samarali usullarini topgan shaxslar uchun taxminan 850 000 dollar mukofot berish uchun J. Patterson mukofotini asos solgan. Biroq, 2008-yilda mukofot berilishi tugadi va Patterson ota-onalar, oʻqituvchilar va kutubxonachilarga oʻz farzandlari uchun eng yaxshi kitoblarni topishga yordam beradigan oʻzining ReadKiddoRead.com yangi loyihasiga eʼtibor qaratishga qaror qildi.

Taʼlim va shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Patterson Manhattan kollejida bakalavr darajasiga va Vanderbilt universitetida magistr darajasiga erishgan.

U Florida shtatining Palm-Bich shahrida rafiqasi Syuzan va oʻgʻli Jek bilan yashaydi.

Dahshatchi yozuvchi Stiven King Pattersonning bibliografiyasini „sust triller“, muallifning oʻzini esa „dahshatli yozuvchi“ deb atagan. 2010-yil 5-iyulda Time jurnalining 10 savoliga bergan intervyusida undan soʻrashdi: "Sizni Stiven King kabi zoʻr nasr stilisti emas deb ataydigan tanqidchilarga nima deysiz? ". Patterson shunday javob berdi: "Men zoʻr nasr stilisti emasman. Men hikoyachiman. Yozganlarimni yoqtirmaydiganlar koʻp, xayriyatki yoqtiradiganlar millionlab! "

2009-yilda tanqidchi S. T. Joshi „Koʻl uyi“, „Asal oyi“ va „Katta yomon boʻri“ kitoblarini tahlil qilib, soʻng yozuvchini tanqid qilib, uni romanni absurd qurishda va oʻquvchini aldashda aybladi.

Patterson koʻpincha boshqa mualliflar bilan hamkorlik qilgani uchun tanqid qilinadi. Mualliflar Patterson bilan kelishilgan holda, oʻzlarining ish munosabatlari shartlarini, shu jumladan har bir hammualliflikda qanday ishtirok etishlarini oshkor qilish huquqiga ega emaslar. Xuddi shu Time jurnalida 10 ta savolga javob bergan intervyusida Patterson bunday hamkorlik haqidagi savolga shunday javob berdi: „Men hammuallif bilan ishlaganimda, u odatda dastlabki qoralamani yozadi, men esa keyingi ishni qilaman.“

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]