Kontent qismiga oʻtish

Jamiya Hafsa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jamiya Hafsa
urdu: جامعہ حفصہ, arabcha: جامعة حفصة
Turi Deobandiy madrasasi
Asos solingan sanasi Qurilgan – 1992-yil
Qayta qurilgan – 2010-yil
Joylashuvi
Islomobod
,
Pokiston

Jamiya Hafsa (urdu: جامعہ حفصہ, arabcha: جامعة حفصة) Pokiston poytaxti Islomoboddagi Lal Masjidga tutash madrasa. Masjid va uning seminariyalari ulamo Abdulaziz Gʻozi tomonidan nazorat qilinadi.

Seminariya va unga tutash Lal Masjid ikki aka-uka va ulamolar, Mavlono Abdulaziz va Abdurashid Gʻoziyga[1] tegishli boʻlib, Lal Masjidni qamal qilish vaqtidagi kurashda Abdulaziz hibsga olingan, Rashid Gʻoziy esa oʻldirilgan.

Seminariya tabiatan konservativdir[2][3].

Asl majmua 2007-yilda buzib tashlangan

Hafsa ayollar islom seminariyasi 1992-yilda Faridiya universiteti nomi bilan ham tanilgan Jamiya Ul Ulom al-Islamiya al-Faridiyaning qardosh filiali sifatida tashkil etilgan. Maktablar 1992-yilda Mavlono Abdulla Gʻoziy tomonidan tashkil etilgan boʻlib, u 1998-yil oktabr oyida nomaʼlum qurolli shaxslar tomonidan oʻldirilguniga qadar kansler boʻlib ishlagan. Maktabga hozir Mavlono Abdulaziz Gʻozi rahbarlik qiladi. 

Lal Masjid qamalidan keyin hukumat maktab binosini buzib tashladi. Oʻsha voqeadan keyin maktab Islomobodning G-7 sektorida qayta qurildi. Yana bir qancha filiallar Pokistonning boshqa joylarida ham qurilgan. 

  1. Walsh, Declan. „Musharraf confronts militants in standoff over religious school“. The Guardian (2007-yil 12-fevral). Qaraldi: 2014-yil 5-iyun.
  2. Hadid, Diaa. „International Women's Day: With Shoes And Stones, Islamists Disrupt Pakistan Rally“. NPR (2020-yil 8-mart). Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.
  3. Ali. „Maulana Abdul Aziz dodges ICT admin, delivers sermon at Lal Masjid“ (en). DAWN.COM (2019-yil 23-mart). Qaraldi: 2020-yil 25-noyabr.