Kontent qismiga oʻtish

Jamol Karimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Jamol Xudoyberdiyevich Karimov (1909.22.2 — Fargʻona — 1993.23.9,) — matematik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), professor (1962). 1935-yilda Oʻzbekiston universitetini tugatgan. Fargʻona pedagogika instituti matematika kafedrasi mudiri (1940— 43), Toshkent Davlat Universiteti matematika kafedrasi dotsenti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi matematika va mexanika institutida boʻlim boshligʻi (1943—50), Fargʻona pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti dekani (1950-yildan), matematik analiz kafedrasi mudiri (1962-yildan). Ilmiy ishlari chizikli boʻlmagan differensial tenglamalar nazariyasiga oid. Fargona pedagogika instituti matematika fakultetiga Karimov nomi berilgan (1994)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil