Kontent qismiga oʻtish

Jamoliddin Jalolovich Xo‘jaxmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jamoliddin Jalolovich Xoʻjaxmedov (рус. Жамолиддин Джалолович Хужахмедов; 9-sentyabr 1977-yil, Toshkent , OʻzSSR) — tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori -gemotolog.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoliddin Jalolovich Xoʻjaxmedov[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoʻjaxmedov Jamoliddin Jalolovich 1977-yilda Toshkent shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. 1999-yil Toshkent Tibbiyot akademiyasining davolash fakultetiga oʻqishga kirib mazkur oliygoxni 2006- yilda muvaffaqiyatli bitirdi, soʻng Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi Gematologiya ilmiy-tadqiqot markazida akademik Vorobev A.I. rahbarligida tahsil oldi.

2012-yildan Sogʻliqni saqlash vazirligi Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutining aspiranti, 2013-2019-yillardan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim sifatida oʻz ilmiy faoliyatini davom ettirgan.

2019-yildan xozirgi kunga qadar u Toshkent shahrida tashkil qilingan “Genotexnologiya” molekular genetik laboratoriya masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlab kelmokda. Ushbu lavozimi davrida professor Z.Dj. Karimov boshchiligidagi Toshkengt shahar perinatal markazi bilan birgalikda nuqsonli tugʻiladigan bolalarga erta va toʻgʻri tashxis qoʻyib, davolash choralari koʻrib kelinmoqda.

Tashkil qilingan klinikada genetika sohasini yanada rivojlantirish, qon aylanish tizimini molekular genetik tahlil qilish, asosan ayollarning xomiladorlik vaqtida qon aylanish tizimini nazorat qilish va davolash boʻyicha tavsiyalar berish, xomilada tugʻilajak bolaning turli hildagi irsiy kasalliklarni erta aniqlash, fuqarolarning oila qurishdan oldingi xromosama va gendagi boshqa irsiy kasalliklarni aniqlashdan iborat.

Shuningdek, klinikaning asosiy ish faoliyatidan tashqari mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va ushbu davrda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish uzluksizligini taʼminlash, koronavirusga tekshiruvlarni tashkil etish borasida oʻz xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda. Bugungi kunga qadar klinika 4 mingdan ortiq aholidan va klinika joylashgan shahar perinatal tibbiyot markazi xodimlariga hamda shoshilinch tibbiy boʻlimdagi bemorlariga Covid-19 infeksiyasini aniqlash boʻyicha tekshiruvlarni oʻtkazib kelmoqda.

Xoʻjaxmedov J. oʻzini ijobiy tomonlarini nomoyon etib, u yetakchi va tashkilotchi kabi fazilatlarga ega boʻlgan va masʼuliyatli rahbar sifatida oʻzini koʻrsatib, koʻplab xalqaro konferensiyalarda qatnashgan, xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlangan, ilmiy yutuqlari bilan oʻrtoqlashgan, ilmiy maqolalar yozgan tibbiyot xodimi sifatida nomoyon etib kelmoqda[1].

Xoʻjaxmedov Jamoliddin Jalolovich oʻziga va uning qoʻl ostida ishlayotganlarga juda talabchan. Bugungi kunda u tibbiyotning xususiy va davlat sektorlari oʻrtasidagi hamkorlikka qoʻshgan hissasi uchun jamiyatning ishonchini va hurmatini qozonib kelmoqda.

Mehnat faoliyati:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilasi:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Примечания[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ссылки[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „При помощи спортивной генетики можно добиться больших успехов“ (ru-RU). https://yuz.uz. Qaraldi: 2022-yil 18-iyul.