Kontent qismiga oʻtish

Jamshid Nasriddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jamshid Nasriddinov Toʻlqinovich


Kattaqoʻrgʻon tumani hokimi 2020-yil 24-noyabrdan
Kattaqoʻrgʻon tumani hokimi
Mansab davri
2020-yil 24-noyabrdan
Hukumat boshligʻi Abdulla Nigmatovich Aripov
Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

Jamshid Toʻlqinovich Nasriddinov (oʻzbekcha: Jamshid To'lqinovich Nasriddinov; 1978-yil 22-fevral) — oʻzbek davlat arbobi. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1978-yil 22-fevralda tugʻilgan. Millati oʻzbek.

1995-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga o‘qishga kirgan. Universitetni 2002-yilda moliya va kredit, iqtisodchi mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1995—1999-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi.
  • 1999—2002 —Samarqand shahridagi „O‘zgazsotish“ filialida texnik, muhandis, hisobchi.
  • 2002—2003-yillarda „Samarqandshahargaztaʼminot“ sho‘ba korxonasi „Samarqandgaztaʼminot“ filialida hisobchisi, isteʼmol bo‘limi boshlig‘i.
  • 2003—2004-yillarda — Kattaqo‘rg‘on viloyati „Nasriddin“ XKda hisobchi.
  • 2004—2006-yillarda Kattaqo‘rg‘on viloyati davlat soliq inspeksiyasi operatori, inspektori.
  • 2006—2013-yillarda —Kattaqo‘rg‘on viloyati „Qiyomov Nosir NTK“ sovxozi hisobchisi.
  • 2013—2017-yillarda Kattaqo‘rg‘on tumani fermerlar kengashi raisi.
  • 2017—2017-yillarda Kattaqo‘rg‘on viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i.
  • 2017—2018-yillarda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i.
  • 2018—2020-yillarda — Kattaqo‘rg‘on tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.
  • 2020-yil — Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari.
  • 2020-yil 24-noyabrdan — Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi.[1]