Jan Koum
Yan Kum | |
---|---|
Jan Boris Koum[1] | |
Tavalludi |
24-fevral 1976-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Yan Kum (ukraincha: Ян Борисович Кум, 1976-yil 24-fevral) – kelib chiqishi ukrain boʻlgan milliarder, amerikalik biznesmen va kompyuter dasturchisi[2]. 2014-yilda Facebook tomonidan 19,3 milliard AQSh dollariga sotib olingan mobil xabar almashish ilovasi – WhatsApp asoschisi va sobiq bosh direktori. Forbes maʼlumotlariga koʻra, uning boyligi 2023-yil oktyabrda 15,2 milliard AQSh dollarini tashkil etgan va bu uni dunyodagi eng boy odamlardan biriga aylantiradi[3]. Kum 2023-yilda Forbes jurnalining eng boy amerikaliklar roʻyxatida 44-oʻrinni egallagan[4][5].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yan Borisovich Kum 1976-yil 24-fevralda Ukraina SSRning Kiyev shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan[2]. U Fastivda oʻsgan. 1992-yilda, 16 yoshida onasi va buvisi bilan Kaliforniyaning Mountain View shahriga koʻchib oʻtdi[6]. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash dasturi tufayli ikki xonali kichkina kvartira olishgan[7]. Uning otasi Ukrainani tark etmadi va 1997-yilda vafot etdi[7][8]. Kum va uning onasi vafotigacha otasi bilan aloqada boʻlishdi[9]. Avvaliga onasi enaga boʻlib ishlagan, u esa oziq-ovqat doʻkonida farrosh boʻlib ishlagan[10]. Uning onasi saraton kasalligi bilan uzoq davom etgan kurashdan soʻng, 2000-yilda vafot etdi[11][12][13][14].
1997-yilda Kum Ernst & Young kompaniyasida ishlayotgan vaqtda Brayan Akton bilan tanishgan[15]. Oʻsha yilning oxirida uni Yahoo! infratuzilma muhandisi sifatida ishga oldi. Tez orada oʻqishni tashladi[15]. Keyingi toʻqqiz yil davomida Kum va Akton Yahoo! shirkatida birga ishladi. 2007-yil sentyabr oyida ular Janubiy Amerika boʻylab sayohat qilib, frizbi oʻynab, bir yil dam olishdi. Ikkalasi ham Facebookda ishlash uchun ariza berishgan, ammo rad javobini olishgan[15].
2009-yil yanvar oyida Kum iPhone sotib oldi va oʻsha paytdagi yetti oylik App Store doʻkonida butunlay yangi ilovalar sanoati paydo boʻlishini tushundi. Doʻsti Aleks Fishman bilan yangi ilova gʻoyasi haqida soatlab gaplashgan[16]. Kum ilovaga „WhatsApp“ („What is happened“, yaʼni „nima boʻldi“ kabi eshitiladi) nomini tanladi. Bir hafta oʻtgach, 33 yoshga toʻlgan kuni Kaliforniyada WhatsApp Inc kompaniyasiga asos soldi[16].
WhatsApp dastlab mashhur boʻlmagan, ammo 2009-yil iyun oyida Apple ilovalarga push-bildirishnomalar qoʻshgandan soʻng, mashhurlasha boshladi. Kum foydalanuvchilarga xabar kelganida WhatsAppni „ping“ qilish funksiyasini qoʻshdi. Koʻp oʻtmay Fishmanning mintaqadagi rus doʻstlari bilan SMS oʻrniga WhatsAppdan xabar almashish vositasi sifatida foydalanishni boshladi[17]. Ilova katta foydalanuvchilar bazasiga ega boʻldi va Kum oʻsha paytda ishsiz boʻlgan Aktonni kompaniyaga qoʻshilishga ishontirdi. Akton 250000 dollar mablagʻ olib kelganidan keyin, Kum unga shirkat hammuassisi maqomini berdi[17].
2014-yil 9-fevralda Mark Zuckerberg Kumga Facebook boshqaruv kengashiga aʼzo boʻlishni rasman taklif qildi. Oʻn kun oʻtgach, Facebook WhatsAppni 19 milliard dollarga sotib olganini eʼlon qildi[18][19][20][21][22]. 2016-yilning birinchi yarmida Kum 2,4 milliard dollarlik Facebook aksiyalarini sotdi, bu uning umumiy mulkini yarmini tashkil etardi[23].
2018-yilning aprel oyida Kum Facebook bilan kelishmovchiliklar tufayli WhatsAppni tark etishini va Facebook direktorlar kengashi tarkibidan ketishini eʼlon qildi[24]. Avvaliga u ketish orqali deyarli 1 milliard dollarlik investitsiya qilinmagan aksiyalarini yoʻqotishi kutilgan edi[25]. Biroq, bir necha oy oʻtgach, u hali ham Facebookda rasman ishlayotgani va „dam olish“ deb nomlangan usul orqali kompaniyadan 450 million dollarlik aksiya ishlab olgani maʼlum boʻldi[26][27].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mazal Tov to Jan Koum of WhatsApp
- ↑ 2,0 2,1 Elia-Shalev. „WhatsApp's reclusive founder has quietly become a megadonor to Jewish causes“ (en-US). Jewish Telegraphic Agency (2022-yil 15-iyun). Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ „Forbes profile: Jan Koum“. Forbes. Qaraldi: 2022-yil 20-may.
- ↑ „Forbes 400 2023 profile: Jan Koum“. Forbes (2023-yil oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-oktyabr.
- ↑ Iz derevni v milliarderi: istoriya sozdatelya WhatsApp Yana Kuma
- ↑ Rowan, David (February 19, 2014). „WhatsApp: The inside story (Wired UK)“. Wired UK. Wired.co.uk. 2016-05-02da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2014-02-20.
- ↑ 7,0 7,1 Parmy Olson. „Exclusive: The Rags-To-Riches Tale Of How Jan Koum Built WhatsApp Into Facebook's New 69 Billion Baby“. Forbes (2014-yil 19-fevral). Qaraldi: 2014-yil 20-fevral..
- ↑ WhatsApp: Jan Koum – The Story Of A Man Who Kept It Simple, Jewish Business News, Feb 20th, 2014
- ↑ Olson, Parmy. „Exclusive: The Rags-To-Riches Tale Of How Jan Koum Built WhatsApp Into Facebook's New 79 Billion Baby“ (en). Forbes. Qaraldi: 2018-yil 10-avgust.
- ↑ In Pricey Facebook Deal for WhatsApp, Two Strong-Willed CEOs: Mr. Koumʼs father, Boris, stayed behind and planned to join the family later, Mr. Goetz said.
- ↑ Ян Кум (WhatsApp): «Месседжинг — последнее, что я был готов попробовать», 2014-04-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-01
- ↑ Рождённый в СССР: История хакера Яна Кума, который построил WhatsApp и стал миллиардером, 2014-04-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-01
- ↑ Jizn kak chudo: istoriya uspexa osnovatelya WhatsApp Yana Kuma
- ↑ WhatsApp: Kak immigrant s Ukraini Yan Kum stal v SShA milliarderom
- ↑ 15,0 15,1 15,2 Parmy Olson. „Exclusive: The Rags-To-Riches Tale Of How Jan Koum Built WhatsApp Into Facebook's New 109 Billion Baby“. Forbes (2014-yil 19-fevral). Qaraldi: 2014-yil 20-fevral..
- ↑ 16,0 16,1 Parmy Olson. „Exclusive: The Rags-To-Riches Tale Of How Jan Koum Built WhatsApp Into Facebook's New 119 Billion Baby“. Forbes (2014-yil 19-fevral). Qaraldi: 2014-yil 20-fevral..
- ↑ 17,0 17,1 Parmy Olson. „Exclusive: The Rags-To-Riches Tale Of How Jan Koum Built WhatsApp Into Facebook's New 129 Billion Baby“. Forbes (2014-yil 19-fevral). Qaraldi: 2014-yil 20-fevral..
- ↑ Olson, Parmy. „Exclusive: The Rags-To-Riches Tale Of How Jan Koum Built WhatsApp Into Facebook's New 139 Billion Baby“. Forbes (2009-yil 24-fevral). Qaraldi: 2014-yil 20-fevral.
- ↑ „Facebook acquires WhatsApp in massive deal worth 149 billion - ABC News (Australian Broadcasting Corporation)“. Abc.net.au (2014-yil 20-fevral). Qaraldi: 2014-yil 20-fevral.
- ↑ „WhatsApp Founders Are Low Key — And Now Very Rich“. Mashable.com (2013-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 20-fevral.
- ↑ „WhatsApp's Founder Goes From Food Stamps to Billionaire“. Bloomberg.com. Bloomberg News (2014-yil 20-fevral). Qaraldi: 2014-yil 20-fevral.
- ↑ Wood, Zoe. „Facebook turned down WhatsApp co-founder Brian Acton for job in 2009“. The Guardian (2014-yil 20-fevral). Qaraldi: 2014-yil 21-fevral.
- ↑ „Jan Koum Insider Trading Overview“. www.insidermole.com. Qaraldi: 2017-yil 28-sentyabr.
- ↑ Dwoskin, Elizabeth. „WhatsApp founder plans to leave after broad clashes with parent Facebook“ (en-US). Washington Post (2018-yil 30-aprel). Qaraldi: 2018-yil 30-aprel.
- ↑ „Next change for Facebook: New board director, executives reshuffled“ (en-US). The Mercury News (2018-yil 8-may). Qaraldi: 2018-yil 9-may.
- ↑ Leswing, Kif. „The billionaire cofounder of WhatsApp is 'resting and vesting' — showing up to Facebook and barely working to collect a $450 million payday“ (en-US). Business Insider Singapore (2018-yil 15-avgust). 2020-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-avgust.
- ↑ Salinas, Sara. „The WhatsApp founder who left Facebook is still employed, in an apparent move to vest stock“. CNBC (2018-yil 15-avgust). Qaraldi: 2018-yil 16-avgust.