Kontent qismiga oʻtish

Jan Kromkamp

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jan Kromkamp
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jan Kromkamp[1]
Tavallud sanasi 17-avgust 1980-yil (1980-08-17) (44 yosh)[2]
Tavallud joyi Makkinga, Niderlandiya
Boʻyi 1.84 m[2]
Ampluasi Himoyachi[3]
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
AGOVV
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998-2000 Go Ahead Eagles 61 (5)
2000-2005 AZ 133 (7)
2005-2006 Villarreal 6 (0)
2006 Liverpool 14 (0)
2006-2011 PSV 68 (2)
2011-2013 Go Ahead Eagles 34 (0)
Milliy terma jamoa
2004-2006 Niderlandiya 11 (0)
Boshqargan klublari
2020- CSV Apeldoorn
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jan Kromkamp (talaffuzi: Yan Kromkamp; 1980-yil 17-avgustda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi. 2020-yilda CSV Apeldoorn murabbiyi boʻlgan.

Kromkamp Erediviziyada jami 201 oʻyin oʻtkazgan. AZ va PSVda jamoalarida toʻqqiz mavsumda sakkizta gol urgan. Faoliyatini Go Ahead Eaglesda boshlagan va shu klubda yakunlagan.

2006-yilgi jahon chempionati uchun Gollandiya terma jamoasiga kiritilgan.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillar; AZ

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Makkinga shahrida tugʻilgan Kromkamp professional debyutini Go Ahead Eagles safida 1998-yilning 12-sentyabrida FC Top Ossga qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazgan. Jamoa bilan toʻliq ikki mavsum oʻynadi va ikkinchi mavsumda 33 oʻyinda toʻrtta gol urdi. 

2000—2001-yilgi mavsumda AZga oʻtdi va asosiy tarkibdan joy oldi. 2003—2004-yilgi mavsumda 34 liga oʻyinida maydonga tushdi. Mavsumda Alkmaar jamoasi ligada toʻrtinchi oʻrinni egalladi va shu tariqa UEFA Yevropa ligasiga yoʻllanma oldi.

Villarreal; Liverpul

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005—2006-yilgi mavsum boshida Kromkamp Ispaniyaning Villarreal klubi bilan shartnoma imzoladi. 2005-yil 29-dekabrda Liverpoolga oʻtishi maʼlum boʻldi[4][5].

Kromkamp "qizillar" safidagi debyutini 2006-yilning 7-yanvarida Angliya kubogining uchinchi bosqichida Luton Townga qarshi oʻyinda (5:3) oʻtkazdi[6] .

PSV va faoliyatining yakuni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kromkamp 2006—2007-yilgi mavsumda Liverpool safida bitta liga oʻyinida qatnashdi. 2006-yilning 31-avgustida PSV Eindhovenga oʻtd[7]. Dastlabki ikki mavsumida 54 liga oʻyinida maydonga tushdi.

2008-yildan 2010-yilgacha Kromkamp jarohatlar tufayli Eindhovenliklar safida kamdan-kam maydonga tushdi. 2011-yil 22-fevralda oʻzining birinchi professional jamoasi Go Ahead Eaglesga qoʻshildi[8].

2013-yil 23-iyun kuni 33 yoshida Kromkamp professional futboldan ketishini eʼlon qildi[9].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kromkamp 2006-yilda

Kromkamp ilk bor Gollandiya terma jamoasi safida 2004-yil 18-avgustda Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:2) maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar:[10][11]
Klub Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Mavsum Klub Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
1998—1999 Go Ahead Eagles Eerste Diviziya 28 1 0 0 - - 28 1
1999—2000 33 4 0 0 - - 33 4
2000—2001 AZ Erediviziya 25 2 4 0 - - 29 2
2001—2002 22 1 3 1 - - 25 2
2002—2003 25 2 2 0 - - 27 2
2003—2004 34 0 2 0 - - 36 0
2004—2005 27 1 1 0 12 0 - 40 1
2005—2006 Villarreal La Liga 6 0 0 0 5 0 - 11 0
2005—2006 Liverpool Angliya Premyer-ligasi 13 0 4 0 0 0 - 17 0
2006—2007 1 0 0 0 0 0 - 1 0
2006—2007 PSV Erediviziya 28 0 3 0 8 1 0 0 39 1
2007—2008 26 1 1 0 9 0 1 0 37 1
2008—2009 12 0 2 0 2 0 0 0 16 0
2009—2010 2 0 0 0 2 0 - 4 0
2010—2011 0 0 0 0 0 0 - 0 0
2011—2012 Go Ahead Eagles Eerste Diviziya 26 0 3 0 - 0 0 29 0
2012—2013 8 0 2 0 - 4 0 14 0
Jami Niderlandiya 296 12 23 1 33 1 5 0 357 14
Ispaniya 6 0 0 0 5 0 - 11 0
Angliya 14 0 4 0 0 0 - 18 0
Jami faoliyati 316 12 27 1 38 1 5 0 386 14
Manba:[10]
Niderlandiya
Yil Ishtirok Gollar
2004 1 0
2005 7 0
2006 3 0
Jami 11 0

Liverpool

PSV

  • Erediviziya: 2006—2007, 2007—2008 
  1. „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Netherlands“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 „Jan Kromkamp: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2021-yil 10-aprel.
  3. Andoza:Hugman
  4. „Kromkamp ties up Liverpool switch“. BBC Sport (2006-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2008-yil 11-iyun.
  5. „Anfield calls for Kromkamp“. UEFA (2005-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
  6. „Liverpool FC's 10 most disturbingly bad English Premier League era defenders“. The Kop. 2012-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-dekabr.
  7. „Kromkamp leaves Liverpool for PSV“. BBC Sport (2006-yil 31-avgust). Qaraldi: 2008-yil 11-iyun.
  8. „Kromkamp keert na elf jaar terug bij Go Ahead Eagles“ (nl). Voetbal International (2011-yil 22-fevral). 2013-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
  9. „Blessure noopt Kromkamp spelerscarrière te beëindigen“ (nl). Voetbal International (2013-yil 23-iyun). 2013-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-iyun.
  10. 10,0 10,1 „Jan Kromkamp“ (nl). Voetbal International. 2012-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-iyun.
  11. „J. Kromkamp“. Soccerway. Qaraldi: 2014-yil 3-iyun.
  12. „Liverpool 3–3 West Ham (aet)“. BBC Sport (2006-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 10-aprel.