Jangovar vaziyat
Jangovar vaziyat — muayyan joyda, maʼlum davrda jangovar harakatlarga taʼsir koʻrsatadigan omil va sharoitlarning majmui. J. v. dushman kuchlarining holati (tarkibi, ishgʻol qilgan oʻrni, koʻzda tutayotgan maqsadi), oʻz qoʻshinlarining holati (taʼminlanish darajasi, jangovar imkoniyatlari) va qoʻshin qismlarning holati, radiatsion, kimyoviy va bakteriologik vaziyatning harakteri; yer sharoiti, joy — rayonning iqtisodi, yerlik aholining ijtimoiy-siyosiy tarkibi va kayfiyati; meteorologik va iklimga oid maʼlumotlar, jangovar topshiriq bajarilishi lozim boʻlgan muddat va b.ni oʻz ichiga oladi. J. v. hamma turdagi razvedka maʼlumotlari, kichik qoʻmondonlarning hisobotlari, qoʻmondon (shtab) axborotlari; asirlarni va qochib oʻtganlarni soʻroq qilish va b.ga qarab belgilanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |