Kontent qismiga oʻtish

Janubiy Mirzachoʻl kanali

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Janubiy Mirzachoʻl kanali (JMK), A. A. Sarkisov nomidagi Janubiy Mirzachoʻl kanali – Oʻzbekistondagi yirik kanallardan biri. Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududidan oʻtadi. Farhod gidrouzelining oʻlovchi kanalidan boshlanadi (Bekobod shahridan 7 km berida). JMK va uning yirik tarmoqlari 1957—1962-yillarda qurilgan. Mirzachoʻlning janubida sharqdan gʻarbga oqadi. Uzunligi 127,7 km. Bosh qismida suv oʻtkazish imkoniyati 545 m3/s.

A. A.SARKISOV NOMIDAGI JANUBIY MIRZACHOʻL KANALI – Kanalning 35 km da Yangiyer shahri joylashgan, quyi qismi Jizzax shahridan 10–20 km shimolroqdan oʻtadi va bir qancha mayda kanallarga boʻlinib ketadi. 345 ming gektardan ortiq yerlarni sugʻoradi (Sirdaryo viloyatida 153,6 mingga, Jizzax viloyatida 191,8 mingga).

Kanalda 80 dan ziyod gidrotexnika inshooti, boshqarish shlyuzlari, 6 avtomobil va 4 temir yoʻl koʻprigi, 9 suv toʻsgich inshoot, 44 quloq, 6 dyuker, 12 sel oʻtkazgichlar qurilgan. 1954—1971-yillarda Mirzachoʻlni oʻzlashtirish ishlariga rahbarlik qilgan A. A. Sarkisov (1907— 1971) nomi berilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil