Jaqsiliq Palvanov
Jaqsiliq Palvanov | |
---|---|
Tavalludi |
1932-yil Taxtakoʻpir tumani |
Vafoti |
13-noyabr 2005-yil (73 yoshda) |
Kasbi | Iqtisodchi |
Mukofotlari |
Jaqsiliq Palvanov – sovet iqtisodchisi, davlat arbobi, Qoraqalpogʻiston hamda Oʻzbekiston suv va qishloq xoʻjaligi boʻyicha mutaxassis, iqtisod fanlari nomzodi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1932-yilda Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Taxtakoʻpir tumanida tavallud topgan.
1950-yilda Toshkent toʻqimachilik institutini tamomlab, muhandi, Xo‘jayli paxta zavodi DZS boshligʻi, Chimboy paxta zavodi boshligʻi, Taxtako‘pir paxta zavodi bosh muhandisi, Qoraqalpog‘iston xoʻjalik kengashi katta muhandisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. To‘rtko‘l paxta zavodi direktori lavzimida ham bir muddat ishlagan. 1966-yildan OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vazirligining 18-sonli „Qoraqalpoqselqurilish“ tresti boshqaruvchisi sifatida ishlay boshlagan.
1970-yildan SSSR Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi „Qoraqalpaqirsovxozqurilish“ hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlay boshlagan[2].
Bu davrning eng muhim voqealaridan biri kompleks sugʻorishni yaratilishi, yirik lalmikor yerlarning oʻzlashtirilishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yirik sholichilik zonasining yaratilishi boʻlgan. Innovatsion ishlanmalarni yaratish, jumladan, tadqiqotlar oʻtkazish ularni loyihalash, qurish, qurilish industriyasi bazasini yaratish hamda yerlarni oʻzlashtirish va sugʻorish tizimlarini ekspluatatsiya qilish, ularni texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi bevosita Palvanov Jaqsiliq rahbarligida amalga oshirilgan.
Jaqsiliq Oʻzbekiston Respublikasi mutaxassislarining asosiy salohiyatini tashkil etuvchi, suv siyosatini belgilab beruvchi yetakchi olim va mutaxassislardan biri xisoblangan. Palvanov Oʻzbekistondagi mavjud suv muammolarini hal etishda bevosita ishtirok etgan, juda koʻplab yechimlar bergan.
1984-yildan Butunrossiya qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi sifatida ishlay boshlagan. 1993—1995-yillarda Rossiya universiteti Qoraqalpogʻiston filiali direktori oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Palvanoc Jaqsilik 2005-yil 13-noyabrda vafot etgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1983-yil SSSR Davlat mukofotini (jamoa tarkibida) – Oʻrta Osiyoda choʻl yerlarini kompleks oʻzlashtirish usullarini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi faolligi uchun olgan.
Palvanov Jaqsiliq Ikki marotaba „Mehnat Qizil Bayroq“, „Lenin“ va „Faxriy nishon“ ordenlari sohibiga aylangan, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan muhandis, Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi.