Jarib
Jarib (arab.) — yuza, hajm va ogʻirlik oʻlchov birligi; sharq mamlakatlarida, jumladan Markaziy Osiyoda 7-asrdan boshlab qoʻllangan. Yuza oʻlchov birligi, aynan tanobta tent: 1J.=1 tanob = 3600 kv. gaz.
Baʼzi adabiyotlarda J. 1 gaz = 66,5 sm boʻyicha aniqlangan, yaʼni 1J. = 1592 m2. J. ilk oʻrta acrda 1592 m2 (kichik jarib), 5837 m2 (katta jarib) boʻlgan. 15-asr dan boshlab 960 m2. Hoz. vaqtda Eronda 1J. rasman 1 gektarga teng boʻlsada, J.ning taxminan 400 m2 dan 1450 m2 gacha oʻzgarib turuvchi mahalliy turlari ham mavjud: jaribi shohiy 1200 m2 ga, jaribi rasmiy 760 m2 ga teng . Oʻrta Osiyoning huquqiy hujjatlarida J. bilan tanob bir xil yuza oʻlchovini ifoda etgan. Yer oʻlchovchi mansabdor jaribkash yoki jarib amin deb atalgan; ogʻirlik oʻlchov birligi: qiymati ishlatilish vaqti va joyiga qarab har xil boʻlgan. Madinada 7—9-asrda 22,825 kg , Eronning turli yerlarida 10-asrda 32,5 kg dan 108,3 kg (138 l) gacha, 14-asrda esa 1J. 100 kg boʻlgan; hajm oʻlchov birligi: qiymati ishlatilish joyiga qarab har xil boʻlgan. 7-asrda Madinada Umar xalifaligi davrida 1J. 3,245 kg bugʻdoy sigʻadigan 4,2125 l hajmga teng boʻlgan. Eron va Oʻrta Osiyoning turli yerlarida 1J. 100 kg bugʻdoy sigʻadigan 130 l hajmga teng boʻlgan (1J.=130 l).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |