Jarqoʻrgʻon (shahar)
Jarqoʻrgʻon | |
---|---|
shahar | |
38°14′01″N 67°14′10″E / 38.23361°N 67.23611°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Surxondaryo viloyati |
tuman | Jarqoʻrgʻon tumani |
Aholisi | 20 500 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Jarqoʻrgʻon — Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanidagi shahar (1973). Tuman markazi. 1951-yilda shaharcha sifatida tashkil etilgan. Viloyat markazi — Termizdan 42 km shim.da. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Jarqoʻrgʻondan 2 km. Surxon daryosining oʻng sohilida, 350 m balandlikda joylashgan. Shahar orqali Zang kanali oqib oʻtadi. Aholisi 20,5 ming kishi (2000). J. nomi qadimda jar yoqasida joylashgan qoʻrgʻon nomidan kelib chiqqan. 8—12-asrlarda J. oʻrnida Charmangan (Sarmangan) sh. boʻlib, arab-fors geografik adabiyotlarida koʻp tilga olingan. 8-asrda arablar, 10-asrda gʻaznaviylar, 11-asrda saljuqiylar, 12-asr 1-yarmida Bomiyon gʻuriylari, 13-asr boshlarida xorazmshohlar qoʻlida, 13-asr oʻrtalarida Chigʻatoy ulusiga kirgan. Oʻsha davrlarda J. (Charmangan) mavqei jihatidan Termiz sh.dan keyin 2-oʻrinda boʻlgan. Geografik oʻrnining qulayligidan J. qadimdan muhim xoʻjalik markazi boʻlib kelgan. 1929-yildat. y. oʻtkazilishi, 30-y.larda bir necha neft konining ochilishi J. xoʻjaligining tez oʻsishiga sabab boʻldi. Shahar atrofidan neft qazib olinadi. Paxta tozalash, qurilish materiallari zavodlari, "Jarqoʻrgʻon-neft" kon boshqarmasi, neft-kon mashinalarini taʼmirlash ustaxonalari, tikuvchilik f-kasi, avtotransport korxonasi, yoqilgʻi saqlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qabul qilish omborxonalari mavjud. J.da maʼmuriy, savdo va madaniy muassasalar, kasalxona, ambulatoriya, oʻrta maktablar, xalq teatri, kutubxona, aloqa boʻlimi, stadion, istirohat va madaniyat bogʻi faoliyat koʻrsatadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |