Jasurbek Latipov
Jasurbek Latipov | |
---|---|
Toʻliq ism | Jasurbek Madaminjon oʻgʻli Latipov |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tugʻilgan vaqti | 15-sentyabr 1991-yil (31 yosh) |
Tugʻilgan joyi | Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston |
Vazn toifasi | 52 kg |
Boʻyi | 170 sm |
Jasurbek Latipov (1991-yil 15-sentyabr) – oʻzbek bokschisi[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boku va Olma-Otada boʻlib oʻtgan jahon chempionatlarining ikki karra sovrindori (2011, 2013), Qozondagi 2013-yilgi yozgi Universiadaning bronza medali sovrindori, Londondagi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Shuningdek, boks boʻyicha bir qator respublika va xalqaro turnirlar gʻolibi va sovrindori[2][3]. Shuningdek Uzbek Tigers terma jamoasi bir qator turlarda muvaffaqiyatli qatnashgan[4].
Jahon chempionati 2017
[tahrir | manbasini tahrirlash]Germaniyadagi jahon chempionatida oʻzbek bokschilari ichida sovrindor sportchilaridan biri boʻldi. Turnirda dastlab Puerto-Rikolik Yankiel Rivera Figurero qarshi ringga chiqdi. Jangda katta ustunlikka erishgan Latipov ochkolar boʻyicha 5-0 hisoboda gʻalaba qozondi[5]. Ikkinchi bosqichda bolgariyalik bokschi, Yevropa chempioni Daniel Asenovga qarshi ringga chiqdi. Latipovning kuchli raqibi bilan janngi ancha murosasiz ruhda oʻtib, oʻzbek bokschisining 3-2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[6]. Latipov navbatdagi chorak va yarim final bosqichida ham kuchli raqiblari bilan jangda qatnashib, muhim gʻalabalarga erishdi[7]. Finalda esa kubalik bokschi Yosbani Veitiaga qarshi ringga chiqdi. Jangda imkoniyati darajasidan pastroq harakat qilgan Jasurbek yakunda raqibiga 5-0 hisobida magʻlub boʻldi va kumush medallarni qoʻlga kiritdi[8]. Bu Jasurbekning Boks boʻyicha jahon chempionatlaridagi, 52 kg vazn toifasidagi ikkinchi kumush medalga aylandi. Bundan avval 2013-yilgi jahon chempionatida ham kumush medal sohibi boʻlgan edi[8].
Osiyo chempionati 2017
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil Toshkentda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida boks boʻyicha erkaklar oʻrtasida 52 kg vazn toifasida chempiong ayalandi[9]. Finalgacha bir qtor kuchli raqiblar, pokistonlik Said Asif, qirgʻizistonlik Azat Usenaliyev kabi bokschilar qarchi janglarda gʻalaba qozondi[10]. Finalda esa koreyalik In Kyu Kimga qarshi jang olib bordi va gʻalabani qoʻlga kirita oldi.
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Osiyo oʻyinlari chempioni: 2018[11][12]
- Osiyo chempioni: 2017
- Jahon chempionati ikkinchi oʻrin sohibi: 2013, 2017[13]
- AIBA Pro Boxing (APB) yoʻnalishi boʻyicha eng yaxshi bokschisi: 2016[14]
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shuhrat medali sohibi: 2015[15]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ular JCHga boradilar #2: Jasurbek Latipov“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ „Rio–2016 qahramonlaridan ikki nafari Qirol kubogi–2017 boks turniri finaliga chiqa olmadi“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ „O‘zbekistonlik bokschilar Belarus va Qirg‘izistonda o‘tgan xalqaro turnirlarda jami 9 ta medalga sazovor bo‘ldi“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ „Uzbek Tigers jamoasi Butunjahon boks seriyasi doirasida Puerto Rico Hurricanes’ni mag‘lubiyatga uchratdi“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ „Бокс. Жасурбек Латипов жаҳон чемпионатидаги илк жангини ўтказди“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ „Boks. Jasurbek Latipov jahon chempionatidagi ikkinchi jangini o'tkazdi“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ „Yana bir g'alaba! Jasurbek Latipov ham yarim finalda!“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ 8,0 8,1 „Jasurbek Latipov ham JCHda kumush medalni qo'lga kiritdi“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ „Jasurbek Latipov O'zbekistonga oltinchi oltin medalni keltirdi“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ „Toshkentda boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Birinchi kun — birinchi g‘alaba“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ „Boks. Jasurbek Latipov Osiyo o‘yinlari—2018 finalida!“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ „Boks. Jasurbek Latipov ilk oltinni rasmiylashtirdi“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ „Tamperedan Toshkentgacha. Boks bo‘yicha 15 ta Jahon chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasining natijalari haqida (video)“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ „Rio–2016 qahramoni Shahram G‘iyosov Osiyoda yil kashfiyoti sifatida tan olindi“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ „O‘zbekiston Mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan bir qator soha xodimlari mukofotlandi“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Profil AIBA rasmiy saytida (Wayback Machine saytida 2022-08-11 sanasida arxivlangan)
- Olympics.com
- Boxrec.com