Shoxdara
Qiyofa
(Jaushangozdan yoʻnaltirildi)
Shoxdara, Janubiy Shoxdara, Jaushangoz — Tojikistonning Togʻli Badaxshon muxtor viloyatidagi daryo. Gʻunt daryosining chap irmogʻi (Amudaryo havzasi). Shoxdara tizmasining shim. yon bagʻirlaridan boshlanadi. Uzunligi 142 km, havzasining maydoni 4180 km². Shugʻnon va Shoxdara tizmalari oraligʻidan oqadi. Havzasida maydoni 166,7 km²boʻlgan 379 ta muzlik bor. Qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Muzlamaydi. Iyulda suvi koʻpayadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 34,5 m³/sek. Oʻrtacha yillik suv sarfi 48,6 m³/sek. dan (koʻp suvli yilda) 2,6 m³/sek.gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi. Sugʻorishda foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |