Kontent qismiga oʻtish

Jayshree Ullal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jayshree V. Ullal

Ullal 2015-yilda
Tavalludi 27-mart 1961-yil (1961-03-27) (63 yosh)
Fuqaroligi Amerika
Taʼlimi Santa Clara universiteti
San-Fransisko davlat universiteti
Kasbi Arista Networksning bosh direktor va prezidenti
Turmush oʻrtogʻi Vijay Ullal
Bolalari 2 qiz
Veb-sayti arista.com

Jayshree Ullal (talaffuzi: Jayshri Ullal; 1961-yil 27-martda tugʻilgan) – britaniyalik-amerikalik milliarder tadbirkor ayol, axborot markazida 10/25/40/50/100 Gigabit Ethernet tarmogʻini joylashtirish uchun mas’ul boʻlgan bulutli hisoblash kompaniyasi Arista Networksning prezidenti va bosh direktori[1].

Yoshligi va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ullal 1961-yil 27-martda Londonda hind oilasida tugʻilgan[2]. U Hindistonning Nyu-Dehli shahrida oʻsgan[2], Dehlidagi Iso va Maryam monastirida oʻqigan[1].

Ullal San-Fransisko davlat universitetida oʻqigan[3] va u yerni 1981-yilda elektrotexnika boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan[4]. U Santa Clara universitetida 1986-yilda muhandislik boshqaruvi va yetakchilik boʻyicha magistr darajasini olgan[5].

Dastlabki faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ullal oʻz faoliyatini Fairchild Semiconductor kompaniyasida yetakchi strategik rivojlanish muhandisi sifatida boshlagan va keyinchalik Advanced Micro Devices (AMD)ga oʻtgach[6] u yerda IBM va Hitachi uchun yuqori tezlikdagi xotira chiplarini ishlab chiqish bilan shugʻullangan[7]. 1988-yilda u Ungermann-Bassga ishga oʻtdi[7] va u yerda kompaniyaning internet bilan ishlash boʻlimi direktori vazifasini bajardi[8].

1992-yil mart oyida Ullal Fiber Distributed Data Interface (FDDI) tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Crescendo Communications kompaniyasiga marketing boʻyicha vitse-prezident sifatida qoʻshildi[8]. U 100-Mbit/s Copper Distributed Data Interface (CDDI) mahsulotlarini ishlab chiqarishga yordam beradi[9] va birinchi avlod Ethernet kommutatsiyasi ustida ishladi[10].

1993-yil sentyabrida Cisco Systems Crescendo Communicationsni sotib oldi, bu Cisconing birinchi xaridi va kommutatsiya bozoriga birinchi marta kirib borishi edi[11]. Shu tariqa Ullal Cisco kompaniyasiga qoʻshildi va u Cisco Catalyst kommutatsiya biznesida ish boshlagach bu biznes aylanmasi 1993-yildan 2000-yilgacha muddatda 5 milliard dollarlik mablagʻga oʻsdi[12]. Enterprise guruhida LAN kommutatsiyasi boʻyicha vitse-prezident va bosh menejer sifatida Ullal yagona aloqa, IP telefoniya, kontent tarmogʻi va tarmoq siyosati kabi strategik tashabbuslarni boshladi[12]. U korporativ sektorda Cisco uchun 20 ga yaqin qoʻshilish va sotib olish ishlarini nazorat qilgan[13].

2005-yilga kelib Ullal Maʼlumotlar markazi, kommutatsiya va xavfsizlik texnologiyalari guruhining katta vitse-prezidenti boʻldi[14]. Uning majburiyatlari qatoriga modulli Nexus va Catalyst Data Center kommutatsiya hamda ilovalar/virtualizatsiya xizmatlari yoʻnalishi kiradi, bu esa kompaniyaga 15 milliard dollarga yaqin toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita daromad keltirgan[15]. Ullalning Ciscodagi faoliyati 15 yildan ortiq davom etgan.

2008-yil oktyabr oyida hammuassislar Andy Bechtolsheim va David Cheriton Kaliforniyaning Santa Clara shahrida joylashgan Arista Networks bulutli hisoblash kompaniyasiga Ullalni bosh direktor va prezident etib tayinladi[16].

Ullal Forbes jurnali tomonidan Arista Networks kompaniyasidagi faoliyati uchun „hozirgi kunda tarmoq sanoatidagi eng nufuzli besh kishidan biri“ deb topilgan[17].

2014-yil iyun oyida Ullal Arista Networks kompaniyasini Nyu-York fond birjasida ANET belgisi ostida IPOga olib chiqdi[18].

U 2018-yilda Barron's jurnalining „Dunyoning eng yaxshi bosh direktori“[19] va 2019-yilda Fortune jurnalining „Top 20 tadbirkor insonlar“ roʻyxati qatoridan joy oldi[20].

Boshqaruv roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofot va yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2001: Newsweek tomonidan eng koʻp kuzatiladigan 20 ta kuchli ayollardan biri sifatida koʻrsatilgan[24]
  • 2001: Innovator and Influencer Axborot haftaligi mukofoti
  • 2005: Network World talqini boʻyicha tarmoq sohasidagi eng kuchli 50 kishidan biri[25]
  • 2007: Xotirani saqlash sohasidagi eng yaxshi ayollardan biri[9]
  • 2008: Xavfsizlik jamoat tashkilotlari uchun beriladigan A Women of Influence mukofoti[26]
  • VMWorld 2011da eng yaxshi oʻnta rahbardan biri[27]
  • The Economic Times maʼlumotlariga koʻra, IT sanoatidagi yetti taniqli hindistonlik ayollardan biri[28]
  • 2013: Santa Clara universiteti muhandislik maktabining muhandislik yoʻnalishining taniqli bitiruvchilari mukofoti laureati
  • CRN tomonidan 2014-yilning eng yaxshi 25 taʼsirchisi roʻyxatida 2-oʻrinni egalladi[29]
  • CRN tomonidan 2015-yilning eng yaxshi 25 taʼsirchisi roʻyxatida 3-oʻrinni egalladi[30]
  • Best Computer Science Degrees talqini boʻyicha bugungi kunda tirik 30 ta eng taʼsirchan muhandis ayol roʻyxatida 9-oʻrinni egalladi[31]
  • 2015: EY talqinida Yilning eng yaxshi AQSh tadbirkori mukofoti gʻolibi[32]
  • 2018: Dunyoning eng yaxshi bosh direktorlari: Growth Leaders[33]
  • Masalaning Amerikadagi ENG TAʼSIRILI osiyolik ayollar roʻyxatida 1-oʻrin[34]
  • 2018– va 2019-yillarda Barron'sning „Dunyoning eng yaxshi bosh direktorlari“ roʻyxatiga kiritilgan[35]
  • Fortune jurnalining 2019-yilning eng yaxshi tadbirkori roʻyxatida 18-oʻrin[36]
  • Forbes jurnalining 2022-yilda Amerikaning oʻz mehnati bilan milliarderga aylangan tadbirkor ayollari reytingiga sakkizinchi marta kiritilgan[37]
  • Silicon Valley Business Journalning 2023-yil uchun birinchi Power 100 roʻyxati aʼzosi[38]
  • 2023: ET Global Hindiston mukofoti sovrindori[39]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jayshree Vijay Ullalga turmushga chiqqan. Ularning ikki qizi bor va ular Kaliforniyaning Saratoga shahrida yashashadi[40][2]. Vijay Ullal hozirda venchur kapitalisti va investor, 2012-yil sentyabridan 2014-yilning noyabrigacha Fairchild Semiconductor kompaniyasi prezidenti va bosh operatsion direktori lavozimida ishlagan[2][41][42]. Ullal, shuningdek, Saratoga shahar kengashi aʼzosi marhum Susie Nagpalning singlisi boʻlib, opasidan bir oʻgʻil va bir qiz jiyanlari qolgan[43][44]. Forbes maʼlumotlariga koʻra, Ullal Aristaning 5% aksiyalariga egalik qiladi, ularning bir qismi uning ikki farzandi va ikki jiyani uchun ajratilgan[45].

  1. 1,0 1,1 „Meet Jayshree Ullal, Indian-American CEO among richest self-made women in US“. Mint (2022-yil 6-iyul). Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Jayshree Ullal: Queen of the wired world“. thehindubusinessline.com (2013-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 8-mart.
  3. „SFSU Magazine Fall 2006 Alumni and Friends, Jayshree Ullal of Cisco Systems“. Sfsu.edu (2007-yil 2-yanvar). 2016-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-may.
  4. „Jayshree Ullal“. The California State University. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
  5. „Jayshree Ullal“. Santa Clara University (2015-yil 17-avgust). Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
  6. Electronics, Volume 60, Issues 1–13. McGraw-Hill, 1987 — 89-bet. „... says Jayshree Ullal, senior strategic development engineer at AMD.“ 
  7. 7,0 7,1 Swarnendu.. „A Self-Made Business Woman, Jayshree Ullal“. SEEMA (2021-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  8. 8,0 8,1 „People & Positions“. Network World (1992-yil 23-mart).
  9. 9,0 9,1 „Top Women in Storage“. Network Computing (2007-yil 26-sentyabr), s. 14. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  10. Matham, Adarsh. „Tech Guru: Jayashree Ullal“. The New Indian Express (2013-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  11. „Cisco Systems closes $97 million acquisition of Crescendo Communications“. UPI (1993-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 27-noyabr.
  12. 12,0 12,1 Hickey, Andrew R.. „Senior Cisco Executive Departs“. CRN (2008-yil 12-may). Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  13. „Acquisitions by Year“ (2023-yil iyun).
  14. Lawson, Stephen. „Cisco executives retire, insiders moved up“. Computerworld (2005-yil 8-iyul). Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  15. „Jayshree Ullal“. Arista. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  16. Arista Networks (2008-yil 23-oktyabr). „Arista Networks Names Jayshree Ullal President and CEO, Andreas Bechtolsheim CDO and Chairman“. Press-reliz.
  17. „The 7 Most Powerful People In Tech You've Never Heard Of“. Forbes (2011-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 3-dekabr.
  18. Arista Networks (2014-yil 5-iyun). „Arista Announces Pricing of Initial Public Offering“. Press-reliz.
  19. „World's Best CEOs: 30 Leaders With Talent to Spare“. Barron's (2018-yil 26-may). Qaraldi: 2018-yil 26-may.
  20. „Businessperson of the Year 2019“. Fortune (2019-yil 19-noyabr). 2019-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.
  21. „Jayshree Ullal, Former Cisco Senior Executive, joins Zscaler Board“. zscaler.com. Qaraldi: 2008-yil 3-sentyabr.
  22. „Management Team – Board of Directors“. arista.com (2020-yil 27-may). Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
  23. „SNOWFLAKE LEADERSHIP – Board of Directors“. snowflake.com. Qaraldi: 2020-yil 9-sentyabr.
  24. „Watch Out“. Newsweek (2001-yil 7-yanvar).
  25. „The 50 most powerful people in networking, listed alphabetically“. Network World (2005-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  26. „Women of Influence Honorees – CSO Online – Security and Risk“. CSO Online (2008-yil 8-aprel). 2012-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-may.
  27. „Top 10 Executives from VMworld“. SiliconANGLE (2011-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 10-may.
  28. „Jayshree Ullal – Seven prominent Indian-origin IT industry women in US“. Economic Times (2013-yil 6-iyun). Qaraldi: 2013-yil 3-dekabr.
  29. „The Top 25 Disrupters Of 2014“. CRN (2014-yil 11-avgust). 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-sentyabr.
  30. „The Top 25 Disrupters Of 2015“. CRN (2015-yil 3-avgust). 2015-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-avgust.
  31. „The 30 Most Impressive Female Engineers Alive Today“. www.bestcomputersciencedegrees.com (2015-yil sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr.
  32. „EYVoice: EY US Entrepreneur Of The Year Winners Reach For The Clouds“. Forbes. 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-noyabr.
  33. „World's Best CEOs: Growth Leaders“. barrons.com. Qaraldi: 2018-yil 28-may.
  34. „Meet the 8 MOST INFLUENTIAL Asian Women in America“. masala.com. Qaraldi: 2019-yil 4-fevral.
  35. „Barron's "World's Best CEOs"“. barrons.com. Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
  36. „Jayshree Ullal“. Fortune. Qaraldi: 2019-yil 2-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  37. „America's richest self-made women on forbes list“. MoneyControl (2022-yil 6-iyul). Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.
  38. „HERE'S TO THE POWER PLAYERS, SVBJ names Power 100 for 2023“. Silicon Valley Business Journal. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  39. „ET Global Indian award: A passion for networking helped this 'Entrepreneur at Heart' make the switch“ (2023-yil 22-fevral). Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  40. „Forbes profile: Jayshree Ullal“. Forbes. Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
  41. „Fairchild Semiconductor Appoints Vijay Ullal President and Chief Operating Officer“. businesswire.com (2012-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 8-mart.
  42. Chen, Angela. „Fairchild Operating Chief to Depart Over Leadership Differences“ (2014-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 8-mart.
  43. „Saratoga councilwoman Susie Nagpal dies of lung cancer“ (en-US). The Mercury News (2010-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 11-mart.
  44. „Jayshree Ullal“ (en). Forbes. Qaraldi: 2021-yil 28-aprel.
  45. „Jayshree Ullal“ (en). Forbes. Qaraldi: 2021-yil 2-iyul.