Kontent qismiga oʻtish

Jazoir — Italiya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jazoir — Italiya munosabatlari

Jazoir

Italiya

Jazoir — Italiya munosabatlari — Jazoir va Italiya oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar.

1970-yillarda Italiyada jamoat binolarini qurish, sanoat va qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash sohasida turli tadbirlar amalga oshirilgan. Italiyalik mutaxassislar 23-Bastionni (Jazoirning sanʼat va madaniyat markazi) restavratsiyasini, qadimiy Kasbah qal’asini qayta tiklashni amalga oshirganlar[1].

Diplomatik munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jazoir — Italiya energetika sohasida, noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashda hamkorlik olib borilmoqda.

2003-yilda doʻstlik, hamkorlik va yaxshi qoʻshnichilik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.

2007-yil noyabr oyida Algeroda Italiya Prezidenti Romano Prodi va Jazoir Prezidenti Abdelaziz Buteflika oʻrtasida ikki tomonlama sammit boʻlib oʻtdi.

Ikkinchi sammit 2012-yil 14-noyabr kuni Jazoirda Prezident Buteflika va Italiya Bosh vaziri Mario Monti oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Uchinchi sammit 2015-yil 27-may kuni Rimda Matteo Renzi va Abdelmalek Sellal ishtirokida boʻlib oʻtdi.

2021-yilning 6-7-noyabr kunlari Italiya Prezidenti Serjio Mattarella davlat tashrifi bilan Jazoirda boʻldi.

Huquqiy aloqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatlar oʻrtasida 10 ta shartnoma imzolangan, jumladan:

  • Doʻstlik, hamkorlik va yaxshi qoʻshnichilik toʻgʻrisidagi shartnoma (27.01.2003)
  • Madaniy, ilmiy va texnologik hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (03.06.2002)
  • Oʻzaro fuqarolik va tijorat yordami toʻgʻrisidagi konvensiya (22.07.2003)
  • Dengizda qidiruv-qutqaruv ishlari sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (14.11.2012)
  • Dengiz transporti sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (14.11.2012)
  • Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (17.07.2002)

Iqtisodiy aloqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiya Jazoirning hajmi boʻyicha birinchi importchisi va uchinchi eksportchisi hisoblanadi.

Afrika qitʼasida Jazoir Italiyaning yetakchi savdo sherigidir.

Italiya Jazoir munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarish uchun doimiy ravishda biznes-forumi oʻtkaziladi.

2020-yilda tovar ayirboshlash hajmi 5,83 milliard yevroni tashkil qildi. Ularning 3,14 milliardi Italiya importi, 1,94 milliardi Italiya eksportidir.

Jazoir eksportining katta qismi tabiiy gazdir. Jazoir Italiyaga yiliga 21 milliard kubometr gaz eksport qiladi. 2022-yil aprel oyida mamlakatlar oʻrtasida yiliga qoʻshimcha 9 milliard m3 gaz yetkazib berish boʻyicha kelishuv imzolandi[2].

Jazoirdan mashinasozlik, qayta ishlangan neft mahsulotlari, kimyoviy moddalar, temir va poʻlat mahsulotlari import qilinadi.

Jazoirda 200 ga yaqin italyan kompaniyasi ishlaydi.

Madaniyat sohasida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiyaning Jazoirda madaniyat instituti faoliyat yuritadi[3].

  1. „Cooperazione allo sviluppo“ (italyancha). ambalgeri.esteri.it. 2022-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-avgust 2022-yil.
  2. „Италия и Алжир заключили соглашение об увеличении поставок газа на 9 млрд кубометров“ (ruscha). www.kommersant.ru (12-aprel 2022-yil). Qaraldi: 6-avgust 2022-yil.
  3. „Istituto Di Cultura - Algeri“ (italyancha). iicalgeri.esteri.it. Qaraldi: 6-avgust 2022-yil.