Jelak
Jelak — xotin-qizlar boshiga tashlab yuradigan yopinchiq; bichimi erkaklar toʻnining kichik hajmdagi shaklida. Faqat boʻyin oʻmiziga toʻgʻri burchakli uzun yoqa qoʻshilgan, ayrimlarida yoqa oʻrniga tuva (10x20 sm) qoʻyilgan. J.ning uzunligi 115—120 sm, tana va yeng qismi oʻta tor qilib bichilgan, yenglari odatdagidan uzunroq boʻlib, paranjiniki kabi orqa tomonda birlashtirilib etakkacha tushib turgan. J.ning avrasi baʼzan quroq usulida mato parchalaridan ulab tikilgan; yoqa (tuva)si yorqin rangli iplarda kashta bilan sidirgʻa qoplab, yoqa, yenglari hoshiya naqsh (romb, uchburchak, xochsimon va b. shaklli), yoqadan orqa tomonga, yenglarga shoxcha ("hayot daraxti") shakli kashta bilan tikilib, turli xil pulakcha, piston, tugma, noziklar bilan bezatilgan, shuningdek, enli jiyaklar (asosan qoʻltiq osti va yeng uchlariga) tikilgan. Jiyaklar oxiri popuklar bilan tugallangan. Samarqand, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Qoraqalpogʻistonda keng tarqalgan J. maxalliy xususiyatlar asosida turlicha bezatilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |