Jennifer Egan
Jennifer Egan(1962-yilda tugʻilgan)-amerikalik yozuvchi va qisqa hikoyalar yozuvchisi. Uning A Visit from the Goon Squad romani badiiy adabiyot uchun 2011-yilda Pulitser mukofoti va Milliy kitob tanqidchilari toʻgaragi mukofotiga sazovor boʻlgan.2018-yilning 28-fevral holatiga koʻra, Egan „PEN America“ prezidenti hisoblanadi[1][2].
Erta hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jennifer Egan Amerikaning Chikago shahrida tugʻilgan ammo San Franciscoda katta boʻlgan[3].Egan Lowell oʻrta maktabini tugatgach,Pensilvaniya universitetida ingliz adabiyoti boʻyicha mutaxassislikka ega boʻladi. Oʻqishni tugatgandan soʻng, ikki yilni Kembrijdagi Sent-Jon kollejida oʻtkazadi, u yerda keyinchalik magistrlik darajasini ham oladi. Egan 1987-yilda Nyu-Yorkka koʻchib kelgan. Oʻsha paytlarda u endigina yozishni oʻrganar ekan koʻplab ishlarda, jumladan, jahon Savdo Markazida ovqatlanish sohasida ham ishlaydi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jennifer Egan hozirgi kunda Brooklyndagi Clinton Hillda Oilasi bilan yashaydi. Uning ikkita farzandi bor(Manu va Raoul)[4].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Egan 1986-yilda Thouron mukofotiga sazovor boʻladi,Sanʼat uchun milliy jamgʻarma va 1996-yilda Guggenheim stipendiyasi sovrindori ham boʻladi.2002-yilda Egan uysiz bolalar haqida hikoya yozadi va Kerroll Koval jurnalistika mukofotiga sazovor boʻladi. Keyin 2004–2005-yillarda Nyu-York jamoat kutubxonasi qoshidagi Doroti va Lyuis B. Kulman nomidagi olimlar va yozuvchilar markazida ishlaydi.2011-yilda Egan badiiy adabiyot uchun PEN/Folkner mukofoti finalchisi boʻladi. Oʻsha yilini oʻzida Milliy kitob tanqidchilari toʻgaragi mukofoti,Los-Anjeles Tayms kitob mukofoti va Goon guruhi tashrifi uchun Pulitser mukofotini qoʻlga kiritadi[5].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Romanlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- The Invisible Circus (1994)
- Look at Me (2001)
- The Keep (2006)
- A Visit from the Goon Squad (2010)
- Manhattan Beach (2017)
- The Candy House (2022)
Qisqa hikoyalar toʻplami
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Emerald City
- Black Box
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Pen america“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Egan awards“ (inglizcha). Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
- ↑ „J.Egan hayoti“ (inglizcha). Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
- ↑ „J.Egan oilasi“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Egan awards“ (inglizcha). Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.