Kontent qismiga oʻtish

Jennifer Jacobs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jennifer Jeykobsdan yoʻnaltirildi)
Jennifer Jacobs
Tavalludi
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Jurnalist
Faoliyat yillari 1993-yildan hozirgacha

Jennifer Jacobs — amerikalik jurnalist, hozirda Bloomberg News axborot agentligining Oq uydagi katta muxbiri.[1][2][3]

Yoshlik davri va taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jeykobs 1993 yilda Ayova shtati universitetida ingliz tili va adabiyoti boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 

Jeykobs oʻzining jurnalist sifatidagi faoliyatini 1993 yilda The Waterloo-Cedar Falls Courier gazetasida oddiy muxbir sifatida boshlagan, u yerda kundalik yangiliklar va shahar hukumati haqida xabarlar bilan shugʻullangan, 1999 yilda esa Sirakuzadagi The Post-Standard gazetasida muxbir sifatida ish boshlaydi.[4]

Jeykobs 2004-yilda The Des Moines Register gazetasida siyosiy muxbir boʻladi va Ayova shtatining qonun chiqaruvchi organi va shtat hukumati faoliyatini yorita boshladi. 2011-yilda esa Ayova shtatidagi kokuslardan (Saylovlar arafasida boʻladigan ommaviy muhokama jarayoni) keyin bosh siyosat muhbiri etib tayinlandi.

Jeykobs 2016-yilgi prezidentlik saylovlaridan bir necha oy oldin Bloomberg axborot agentligining milliy siyosiy xabarlar bilan shugʻillanuvchi muxbiriga aylangan edi.[5] U tez orada Oq uy boʻyicha muxbir etib tayinlandi va 2019 yil dekabr oyida Politico jurnali uni „matbuot xodimlari ichida Tramp va uning jamoasi bilan eng yaxshi munosabatga ega jurnalistlardan biri sifatida koʻrishini“ yozdi.[6][7] Jeykobs PBS, CNN va MSNBC kanallarida ham paydo boʻldi.[8][9]

Bloomberg Newsning egasi Maykl Blumberg prezidentlikka daʼvogarligini eʼlon qilgani va 2020 yilgi Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzodlar haqida hisobot bermasligini eʼlon qilganidan soʻng, Jennifer Jeykobs Trump-2020 prezidentlik kampaniyasining gʻazab nishoniga aylandi. 2020-yil fevral oyida Jeykobs Ayova shtatidagi Tramp saylovoldi tashviqoti matbuot anjumanidan olib ketildi.[10][11][12][13]

2020-yil oktyabr oyida Jeykobs Oq uyning yuqori martabali amaldori va Donald Trampning ishonchli vakili boʻlmish Xop Xiksga koronavirus tashxisi qo‘yilgani haqidagi hikoyani eʼlon qildi. Koʻp oʻtmay, respublikachilar va Tramp maʼmuriyatining bir qancha yuqori martabali amaldorlari, shu jumladan Trampning oʻzi ham virus yuqtirganligi maʼlum boʻldi.[14] Tramp maʼmuriyati ushbu maʼlumotlarning ommalashishiga yoʻl qoʻymaslik uchun harakat qilganligini taʼkidlab, Nyu-York jurnali Jeykobsning xabarlarisiz „dunyo hali ham Oq uydagi COVID-19 epidemiyasi haqida bexabar boʻlishi mumkinligini“ haqida yozilgan maqolani eʼlon qildi.[14]

  1. „Jennifer Jacobs - Bloomberg“. Bloomberg. Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
  2. „Jennifer Jacobs“ (en). BloombergQuint. Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
  3. „Jennifer Jacobs | Washington Week — PBS“ (en). Washington Week (2016-yil 28-aprel). 2022-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
  4. „Jennifer Jacobs | Bloomberg News, Bloomberg Industry Group Journalist | Muck Rack“ (en). muckrack.com. Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
  5. „Register reporter Jennifer Jacobs to join Bloomberg Politics“ (en). Des Moines Register. Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
  6. Calderone. „Trump's favored reporter gets caught in Bloomberg tussle“ (en). POLITICO (2019-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 10-oktyabr.
  7. Wemple. „Opinion | Bloombergʻs Jennifer Jacobs takes brunt of wrongheaded editorial policy“ (en). Washington Post. Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
  8. „White House story on Bannon move perplexes - Jennifer Jacobs, Bloomberg“ (en). MSNBC.com. Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
  9. Inside Trump's inner circle - CNN Video, qaraldi: 2020-02-23
  10. „Trump campaign removes Bloomberg News reporter from Iowa event“ (en). Washington Examiner (2020-yil 4-fevral). Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
  11. Bauder. „Bloomberg News wrestles with coverage of Bloomberg news“ (en-US). www.timesofisrael.com. Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
  12. „Bloomberg News Wrestles With Coverage of Candidate Bloomberg“ (en-US). The New York Times (2020-yil 20-fevral). Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
  13. Axelrod. „Trump campaign removes Bloomberg News reporter from Iowa event“ (en). TheHill (2020-yil 3-fevral). Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
  14. 14,0 14,1 Nuzzi. „Trump Infects America“ (en-us). Intelligencer (2020-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-oktyabr.

Tashqi havolalar:

[tahrir | manbasini tahrirlash]