Kontent qismiga oʻtish

Jenniina Nylund

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tugʻilgan joyi 18-iyun 1999-yil (1999-06-18) (25 yosh)
Jacobstad (Pietarsaari), Finlandiya
Boʻyi 1.71 m (5 ft 7 in)
Pozitsiyasi Markaz
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap
NCAA
Sobiq jamoalar
St. Cloud State Huskies
Team Kuortane
Milliy jamoa  Finlandiya
Jamoalardagi faoliyat 2015—hozirgacha
Medallari va yutuqlari
Olimpiada oʻyinlari
Bronza 2022 Beijing
Jahon chempionati
Bronza 2021 Kanada

Jenniina Nylund (talaffuzi: Jennina Nylund; 1999-yil 18-iyunda tugʻilgan) — xokkey boʻyicha Finlandiya milliy jamoasi aʼzosi, hozirda Gʻarbiy Collegiate Xokkey Assotsiatsiyasi (WCHA)ning NCAA I bdivizioni St.Cloud State Huskies ayollar xokkey klubida sardor.

Toʻrt yoshida Nylund uchta akasiga qiziqib, oʻzining tugʻilgan shahri Yakobstaddagi (fin: Pietarsaari) Jeppis Xokkey klubining kichik boʻlimida xokkey oʻynashni boshladi. U Kokkolan shahridagi Kokkolan Hermes klubining 16 yoshgacha boʻlgan ayollar (U16) jamoasiga qoʻshildi (taxminan 25 milya (40 km) uzoqlikda, Yakobstaddan shimoli-sharqda), oʻsmirligida va 2014—2015-yilgi mavsumda Hermes U16 ayollar va Jeppis U16 erkaklar jamoasida oʻynagan[1].

2015—2016-yilgi mavsum oldidan Nylund Kuortaneen urheilulukio („Kuortane Sports Lukio“) musobaqasida qatnashish va Finlandiyadagi eng yuqori darajadagi ayollar xokkey ligasi Naisten SM-sarja maktab jamoasiga qoʻshilldi(2017-yilda Naisten Liiga nomi oʻzgartirildi). Kuortane jamoasida u bir qator boʻlajak terma jamoadoshlari, jumladan Petra Nieminen, Viivi Vaynikka, Sini Karjalainen va Anni Keisala bilan birga oʻynadi. Nylund Kuortanedagi har uch mavsumida jamoada eng yaxshi toʻrt ochko toʻplagan xokkeychilar qatoriga kirdi. 2017—2018-yilgi Naisten Liiga mavsumida jamoada ochkolar va gollar boʻyicha yetakchilik qilgan va Aurora Borealis kubogi pley-off bosqichida liganing ochkolar jadvalida birinchi oʻrinni egallagan. Kuortane jamoasi 2018-yil Finlandiya chempionati bronza medalini qoʻlga kiritdi[2].

U Naisten SM-sarja/Naisten Liigada jami 83 ta oʻyin oʻtkazib, 43 ta gol urdi va 36 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Aurora Borealis kubogi pley-off bosqichlarida oʻnta oʻyinda toʻqqizta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kuortaneen urheilulukio-ni tugatgach, Nylund Qoʻshma Shtatlardagi kollej xokkeyini tanladi va 2018−2019-yilgi mavsumda birinchi kurs talabasi sifatida St.Cloud State Huskies ayollar xokkey jamoasiga qoʻshildi. 2020—2021-yilgi mavsum yakuniga koʻra, u 84 oʻyinda 19 gol va 27 golga assistentlik qilib, 46 ochko jamgʻardi.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nylund 2013—2017-yillarda 18 yoshgacha boʻlgan xokkey boʻyicha Finlandiya milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Ontario shtatining St.Catharines shahrida boʻlib oʻtgan 2016-yilgi IIHF 18 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻynagan va Finlandiya oltinchi oʻrinni egallagan. Jamoa kutilganidan past natijaga erishganiga qaramay, Nylund ajoyib turnir oʻtkazdi va besh oʻyinda olti ochko: ikkita gol va toʻrtta golli uzatmani amalga oshirdi.

2017-yilgi IIHF 18 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Nylund yana beshta oʻyinda jami uchta gol urib, Finlandiya jamoasida gol urish boʻyicha ikkinchi oʻrinni egalladi. Jamoalar roʻyxatida koʻplab boʻlajak terma jamoa xokkeychilari, jumladan, 2021-yilgi Jahon chempionati debyutantlari Sini Karjalainen, Julia Liikala va Emiliya Vesa bor edi. Jamoa iqtidorli va sifatli tarkibga ega edi, biroq chorak finalda Shvetsiyaga magʻlub boʻlib, beshinchi oʻrin olishdi. Nylund birinchi marta Finlandiya terma jamoasi bilan 2016—2017-yilgi xalqaro mavsumda uchta oʻyinda maydonga tushdi, lekin ochko jamgʻara olmadi.[3].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nylund Minnesota shtatidagi Sent Cloud shahridagi St.Cloud State universitetida marketing boʻyicha bakalavr darajasida oʻqimoqda[4].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP=ishtirok, G=gol, A=assist, Pts=ball, PIM=qoidabuzarlik

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
    Muntazam mavsum   Pleyoff
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2014—2015 Jeppis U16 U16 Suomi-sarja 15 5 6 11 6
2014—2015 Kronan/Hermes U16 U16-Tyt. Aluesarja 9 23 15 38 12
2015—2016 Team Kuortane Naisten SM-sarja 28 7 10 17 16 1 0 0 0 0
2016—2017 Team Kuortane Naisten SM-sarja 25 13 10 23 26 2 1 0 1 0
2017—2018 Team Kuortane Naisten Liiga 30 23 16 39 14 7 8 7 15 6
2018—2019 St. Cloud State Huskies NCAA 35 8 13 21 10
2019—2020 St. Cloud State Huskies NCAA 30 4 9 13 12
2020—2021 St. Cloud State Huskies NCAA 19 7 5 12 14
2020—2021 St. Cloud State Huskies NCAA 18 7 8 15 16
Naisten Liigada jami 83 43 36 79 56 10 9 7 16 6
NCAAda jami 102 19 27 46 36 - - - - -

Manbalar: Elite Prospects[5], USCHO[6]

Yil Jamoa Musobaqa Natija GP G A Pts PIM
2016-yil Finlandiya U18 WW18 6 5 2 4 6 4
2017-yil Finlandiya U18 WW18 5 5 3 0 3 4
2021-yil Finlandiya WW 3rd 7 1 0 1 0
2022-yil Finlandiya OG 3rd 7 1 0 1 0
2022-yil Finlandiya WW 6 7 0 0 0 0
Oʻsmirlar safida jami 10 5 4 9 8
Kattalar safida jami 21 2 0 2 0
  1. Koivukangas. „Drömmen om hemma-VM driver 19-åriga Jenniina Nylund framåt i USA: "Man får verkligen kriga för att ta sig fram"“ (sv-FI). Yle Svenska (2018-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
  2. Teiskonlahti. „Team Kuortane saavutti ensimmäisen mitalinsa Naisten Liigassa – Pajarinen torjui nollapelin“ (fi). Yle (2018-yil 31-mart). Qaraldi: 2021-yil 10-aprel.
  3. Huttunen. „Tässä on Naisleijonien MM-joukkue – mukana 15-vuotias teinilupaus!“ (fi). Iltalehti (2021-yil 7-aprel). Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
  4. „2020-21 Women's Ice Hockey Roster: 81 Jenniina Nylund“ (en). St. Cloud State University Athletics. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
  5. „Player Profile: Jenniina Nylund“ (en). Elite Prospects. Qaraldi: 2022—09—04.
  6. „Jenniina Nylund: Career Statistics“ (en-us). US College Hockey Online. Qaraldi: 2022—09—04.