Kontent qismiga oʻtish

Gérard Depardieu

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Jerar Depardyedan yoʻnaltirildi)
Gérard Depardieu

Gérard Depardieu Kann kinofestivalida (2010)
Tavalludi
Gérard Xavier Marcel Depardieu

27-dekabr 1948-yil (1948-12-27) (76 yosh)
Fuqaroligi Fransiya bayrogʻi Fransiya Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi Aktyor, kinorejissor
Faoliyat yillari 1967-yildan
Mukofotlari

Gérard Xavier Marcel Depardieu (talaffuzi: Jerar Savye Marsel Depardyeʻ; 1948-yil 27-dekabrda tavallud topgan)- fransuz aktyori va kinorejissori. César va Oltin globus mukofotlari sovrindori. Oscar mukofoti nomzodi.

2012-yil 30-oktyabrida Gérard Depardieu oʻzbekcha tarixiy filmda suratga tushishi haqida xabar tarqatildi.[1] Depardieu'ga 2013-yil 3-yanvarida Rossiya fuqaroligi berildi.[2] Googoosha bilan Небо молчит (Osmon jim) nomli qoʻshiq kuylagan.[3]

Depardieu 170 dan ortiq filmlarda rol oʻynagan zamonamizning eng sermahsul aktyorlaridan biri hisoblanadi. Uning rollari juda katta miqyosni qamrab olgan. Jumladan Gollivudning mashhur filmlari va festivallaridan sifatsiz komediyalar va teleseriallarga qadar. Depardieu oʻziga xos aktyorlik uslubiga ega emasligini tan oladi va u oʻziga yoqadigan hamma narsada harakat qiladi. Shu bilan birga suratga olinayotgan filmning sifati yoki uning janri haqida qaygʻurmasligini aytgan.