Jermaine Beckford
Jermain Pol Aleksandr Bekford (inglizcha: Jermaine Paul Alexander Beckford) 1983-yil 9-dekabrda Londonda tavallud topgan.
Jermaine Beckford | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Jermeyn Bekford „Lester City“ safida | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Maʼlumotlari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ism sharifi | Jermaine Paul Alexander Beckford | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Taxallusi | Beks (ingl.Becks) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan | 1983-yil 9-dekabr (38 yosh)London, Angliya. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | Angliya Yamayka | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 188 sm | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazni | 82 kg | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pozitsiyasi | hujumchi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Mediafayli na Vikisklade |
Ingliz va yamaykalik futbolchi, oʻyindagi vazifasi hujumchi. Yamayka terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bekford faoliyatini "Chelsea" yoshlar jamoasida boshlagan. London klubi shartnomani uzaytirishdan bosh tortganidan soʻng, Bekford „Wealdstone“ havaskorlar klubida oʻynagan. U yerda jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan futbolchi koʻplab professional jamoalar eʼtiborini oʻziga jalb qilgan[1]. Keyinchalik yosh futbolchi „Leeds United“ bilan shartnoma imzolagan[2]. 2003/04-yilgi mavsumda u Istmian League Shimoliy divizionidagi „Uxbridge“ klubiga ijaraga berilgan[3].
Elland Rouddagi birinchi mavsumida Bekford bor-yoʻgʻi 5 ta oʻyin oʻtkazgan va bitta ham gol ura olmagan. Keyingi mavsumda Jermeyn dastlab „Carlisle United“ga, soʻngra „Scunthorpe United“ga ijaraga oʻtgan. „Scunthorpe United“ safida futbolchi jamoanichempionlikka chiqishiga yordam bergan. 2007/08-yilgi mavsumda Bekford „Leeds United“da oʻz oʻrniga ega boʻlgan hamda oʻtkazgan oʻyinlarida 20 ta gol kiritgan. Keyingi mavsumda Bekford oʻz rekordini yaxshilashga muvaffaq boʻlgan va „Leeds United“ uchun barcha musobaqalarda 34 ta gol kiritgan.
2009/10-yilgi mavsum Bekfordning „Old Trafford“da „Manchester United“ ga qarshi muhim oʻyinida yagona va gʻalaba goli kiritishi futbolchini yirik klublar eʼtiboriga tushishiga sabab boʻlgan[4]. Umuman olganda, Bekford „Leeds United“ uchun barcha musobaqalarda 31 ta gol kiritgan hamda 2010-yil may oyida erkin agent sifatida „Everton“ jamoasi safiga qoʻshilgan. Futbolchi jamoa bilan 4 yillik shartnoma imzolagan[5].
„Everton“ uchun rasmiy oʻyinlardagi debyut Bekford uchun Premer-liganing 2010/11 mavsumining birinchi turida „Blekbern“ jamoasiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan. Jermeyn 2010-yilning avgust oyida „Haddersfild“ga qarshi Futbol Ligasi kubogida „Toffees“ safida o‘zining birinchi golini kiritgan[6]. Bekford oʻzining birinchi Premer-ligadagi golini noyabr oyida Bolton darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻlgan. 2011-yilning 17-yanvarida u Mersisayd derbisida Enfild Roudda gol kiritgan. Umuman olganda, u „Everton“dagi birinchi mavsumida 10 ta gol urishga erishgan.
2011-yilning 31-avgustida hujumchining „Lester City“ga oʻtishi eʼlon qilingan. Fuutbolchining transfer summasi 3 million funtni tashkil qilgan. Shu bilan bir qatoda, futbolchi „tulkilar“ safida muvaffaqiyatli oʻyin koʻrsatsa, maoshi 4 milliongacha oshishi kelishib olingan[7]. „Lester“dagi debyut mavsumida Bekford 44 oʻyinda 15 ta gol kiritgan[8].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Scunthorpe United“
- Futbol ligasi gʻolibi: 2006/07"Leeds United"
- Birinchi futbol ligasining kumush medali sohibi: 2009/10
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil 3-may holatida:
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevrokubok | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Leeds United | 2005/06 | 5 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 |
2006/07 | 5 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | |
2007/08 | 40 | 20 | 4 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 47 | 20 | |
2008/09 | 34 | 27 | 5 | 7 | 0 | 0 | 3 | 0 | 42 | 34 | |
2009/10 | 42 | 25 | 8 | 5 | 0 | 0 | 2 | 1 | 52 | 31 | |
Jami | 126 | 72 | 18 | 12 | 0 | 0 | 8 | 1 | 152 | 81 | |
Carlisle United | 2006/07 | 4 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 5 | 1 |
Jami | 4 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 5 | 1 | |
Scunthorpe United | 2006/07 | 18 | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 18 | 8 |
Jami | 18 | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 18 | 8 | |
Everton | 2010/11 | 32 | 8 | 6 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 38 | 10 |
2011/12 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | |
Jami | 34 | 8 | 6 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 40 | 10 | |
Leicester City | 2011/12 | 39 | 9 | 5 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 44 | 15 |
2012/13 | 4 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | |
Jami | 43 | 9 | 6 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 49 | 15 | |
Huddersfield Town | 2012/13 | 21 | 8 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 22 | 9 |
Jami | 21 | 8 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 22 | 9 | |
Bolton Wanderers | 2013/14 | 33 | 7 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 35 | 9 |
Jami | 33 | 7 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 35 | 9 | |
Umumiy faoliyatida | 279 | 113 | 33 | 23 | 0 | 0 | 9 | 1 | 321 | 133 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Latest Club News“ (en). Официальный сайт ФК «Уэлдстон» (2006-yil 15-mart). 2012-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Leeds win race to sign Beckford“ (en). BBC Sport (2006-yil 15-mart). 2012-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-iyul.
- ↑ Kolichestvo igr i golov za professionalniy klub schitaetsya tolko dlya razlichnix lig natsionalnix chempionatov.
- ↑ Winter, Henry „Manchester United 0 Leeds United 1: match report“ (en). The Daily Telegraph (2010-yil 3-yanvar). 2012-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-iyul.
- ↑ „Everton sign former Leeds striker Jermaine Beckford“. BBC Sport (2010-yil 31-may). 2012-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-iyul.
- ↑ „Everton 5–1 Huddersfield: Daily Mirror match report“. Daily Mirror (2010-yil 25-avgust). 2012-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-iyul.
- ↑ „Последний день (+2, -4)“. USSR-Toffees (2011-yil 1-sentyabr). 2019-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-sentyabr.
- ↑ Kolichestvo igr i golov za natsionalnuyu sbornuyu v ofitsialnix matchax.