Jetiboy neft-gaz koni
Jetiboy neft-gaz koni -Qozogʻiston Respublikasining Mangishloq viloyatidagi Yeraliv shaharchasi yaqinida joylashgan. J. n. k. 1961-yilda ochilgan. 1970-yilda ishga tushirilgan. Konda 13 ta samarador qatlam va 26 ta uyum aniqlangan, ulardan bittasida gaz, 13 tasida neft-gaz, 12 tasida neft bor. Eng katta uyumi — 12-gorizontda. Jetiboy koni braxiantiklinal strukturasidan iborat boʻlib, uz. 22 km, eni 6 km, bal. 100 m. Konda trias, yura, boʻr, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr yotqiziqlari mavjud, ularning qalinligi 3000 m ga teng . Samarador qatlamlar yura yotqiziqlarida joylashgan.
Kondan olinayotgan neftning zichligi 0,85—0,86 g/sm3, qovushqok/shgi 50° da 10—37 SPZ ga teng . Neft 28—34° da qotadi. Tarkibidagi qatronning miqdori 8—15%, parafin 20—24%, oltingugurt 0,1—0,7%. Kondan 1973-yilda eng koʻp — 3,8 mln.t, 1981-yilgacha 34,2 mln.t neft olingan. Qazib olish markazi — Oqtov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |