Kontent qismiga oʻtish

Jetimtov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Jetimtov (Yetimtog) — Ichki Tyanshandagi togʻ tizmasi, Terskay Olatovining janubida. Uzunligi 120 km, balandligi 4931 m gacha. Janubiy etaklari boʻylab Norin daryosi oqadi. Yon bagʻirlarida oʻtloq-choʻl va choʻl oʻsimliklari oʻsadi, qoyali choʻqqilarida doimiy qor, sharqiy qismida muzliklar bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil