Kontent qismiga oʻtish

Jezqazgʻan (viloyat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jezqazgʻan viloyatidan yoʻnaltirildi)
Jezqazgʻan viloyati
Жезқазған облысы
viloyat
Tegishli Qozoq SSR
Tarkibida 10 tuman
Maʼmuriy markazi Jezqazgʻan
Asos solingan sanasi 20-mart 1973
Partiya viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi Gruzdev Yuriy Vladimirovich (1990-1991)
Akim Nagʻmanov Qajimurat Ibrayevich (1995-1996)
Aholi (1989) 496 007[1]
Maydoni 313,400 km²
Xaritada

Jezqazgʻan viloyati — (qozoqcha: Жезқазған облысы) Qozoq SSR (19731991) va Qozogʻiston Respublikasining (19911997) tarkibidagi maʼmuriy hudud. Maʼmuriy markazi - Jezqazgʻan shahri.

Viloyat Qozogʻistonning markaziy qismida joylashgan. Maydoni 313,4 ming km2.

1973-yil 20-martda Qozoq SSR tarkibida Qaragʻandi viloyatining shimoliy qismida tashkil topgan. 1991-yildan buyon Qozogʻiston Respublikasining tarkibida[2]. 1997-yili qaytadan Qaragʻandi viloyatining tarkibiga qoʻshildi.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-yil Jezqazgʻan viloyatining tarkibiga 4 ta viloyatga boʻysunuvchi shahar va 7 ta tuman kirdi:

Tuman (shahar kengashi) Markazi Aholisi[1]
(1989), kishi
1 Balxash shahar kengashi Balxash 100 533
2 Jezqazgʻan shahar kengashi Jezqazgʻan 128 872
3 Qarajal shahar kengashi Qarajal 17 849
4 Nikolsk shahar kengashi Nikolskiy 71 759
5 Agʻadir tumani Agʻadir 43 548
6 Aqtoʻgʻay tumani Aqtoʻgʻay 16 390
7 Jezdi tumani Jezdi 20 476
8 Janaarqa tumani Atasuv 38 664
9 Priozerniy tumani Shashubay 17 613
10 Ulutau tumani Ulutau 11 592
11 Shet tumani Aqsu-Ayuli 26 860
  1. 1,0 1,1 „Всесоюзная перепись населения 1989 г.“. 2012-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-fevral.
  2. Постановление Президиума Верховного Совета Республики Казахстан от 8 сентября 1992 года «О переименовании и упорядочении транскрибирования на русском языке наименований отдельных административно-территориальных единиц Республики Казахстан».