Kontent qismiga oʻtish

Jigar abssessi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Jigar abssessi – bu jigar ichidagi yiring bilan toʻlgan qobiqli massa[1]. Umumiy sabablar qorin boʻshligʻi kasalliklari, masalan, appenditsit yoki divertikulitning portal vena orqali gematogen tarqalishidir. Bundan tashqari, jigar shikastlanishining asoratlari sifatida rivojlanishi mumkin.

Jigar abssessini rivojlanishi uchun xavf omillariga infeksiya, shikastlanishlardan keyingi infeksiya va metastazlar, masalan, birlamchi jigar oʻsmalari, jigar metastazlari, oʻt yoʻllarining shikastlanishlari, oʻt yoʻllari kasalliklari, appenditsit va divertikulitlarni kiritishimiz mumkin.

Jigar abssessining asosiy bakterial sabablari quyidagilardan iborat[2]:

  • Streptokokk turlari (shu jumladan enterokokklar)
  • Escherichia turlari
  • Stafilokokk turlari
  • Klebsiyella turlari (Uzoq Sharqda yuqori koʻrsatkichlar)
  • Anaeroblar (shu jumladan Bacteroides turlari)
  • Pseudomonas turlari
  • Proteus turlari
  • Entamoeba Histolytica

Biroq koʻp holatlarda jigar abssessi polimikrob holda keladi.

Katta yiringli jigar abssessi appenditsitning natijasi deb taxmin qilingan.

Jigar abssessining sabablariga koʻra tasniflangan bir necha asosiy shakllari mavjud[3]:

  • Asosan polimikrob kelib chiqishga ega boʻlgan piogen (yiringli) jigar abssessi Qoʻshma Shtatlardagi jigar abssessi holatlarining 80% ni tashkil qiladi.
  • Entamoeba histolytica tufayli amyobali jigar abssessi 10% holatlarni tashkil qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda kasallanish ancha yuqori.
  • Zamburugʻlar keltirib chiqaradigan jigar abssessi, koʻpincha zamburugʻlarning Candida turlaridan kelib chiqadi, barcha holatlarning 10% dan kamrogʻini tashkil qiladi.
  • Tibbiy aralashuv natijasida yuzaga kelgan yatrogen abssess

Abssessni drenajlash va antibiotiklar: IV avlod metronidazol va III avlod sefalosporin / ftorxinolonlar, b-laktam antibiotiklari va aminoglikozidlar samarali.

  1. „Liver Abscess Definition in Medical Conditions Dictionary“. medconditions.net (2018-yil 11-aprel). 2012-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
  2. "Pyogenic liver abscess". Frontline Gastroenterology 5 (1): 60–67. January 2014. doi:10.1136/flgastro-2013-100371. PMID 28839753. PMC 5369710. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5369710. 
  3. Akhondi, Hossein; Sabih, Durr E. (2022), „Liver Abscess“, StatPearls, Treasure Island (FL): StatPearls Publishing, PMID 30855818, qaraldi: 2022-10-17