Kontent qismiga oʻtish

Jigen

Vikipediya, erkin ensiklopediya

 Bu — tanasi Outsutsuki Isshiki tomonidan egallangan va bir qancha muddat unda hukmronlik qilingan yosh rohib. Soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „Jigen“(慈眼) „Buddaning shavqatli koʻzi“ degan maʼnoni anglatadi.

Kelib chiqishi qadim vaqtga taqalgan boʻlishiga qaramay, Jigen yoshligini Isshiki Outsutsuki taʼsirida ostida saqlab qoldi. Jigen juda baland boʻyli, juda och teri rangiga ega odam boʻlgan. Uning sochi qirilgan, faqat peshona oʻrtasidan bosh orqa qismiga choʻzilgan uzun ot dumiga oʻxshash qora sochlari bundan mustasno, burni keng, katta qora koʻzlarida koʻzga oson tashlanadigan qop-qora qorachiqlari bor. Bundan tashqari, uning qoshlari yoʻq. Outsutsuki Isshikining izmi ostida qolganidan bir muncha vaqt oʻtgach, uning iyagida olmos shaklidagi Karma belgisi belgisi paydo boʻldi, u faollashganda esa iyagi, koʻzlari va tanasi boʻylab vertikal, xuddi quyosh nurlari shaklida qora chiziqlar tarqaladi. Chap koʻz ostida Rim raqamidagi IV koʻrinishidagi tatuirovka bor. Shuningdek, u har bir qulogʻining tepasida beshtadan va har bir qulogʻining pastki qismida bittadan qizil sirgʻa taqib yurgan.

Outsutsuki Kaguya Isshikiga xiyonat qilib, uni oʻlim domiga tashlaganidan soʻng, u Jigenga hujum qildi, bu jarayonda u kichrayib omon qolish uchun rohibning ichiga kirdi. Chunki, Isshiki Karmani yaratish uchun juda zaif edi, shuning uchun u tanasini kichraytirdi va omon qolish uchun jigenning tanasiga qulogʻi orqali kirdi. Jigen tanasining ozuqa moddalarini oʻzlashtirishi tufayli Isshiki qobiqni boshqarishni boshladi va oxir-oqibat uni toʻliq egallab oldi. Keyinchalik Isshiki oʻz tanasida qayta tugʻilish uchun Karmani Jigenning tanasiga joylashtirdi, ammo uning tanasi uning kuchini qoʻllab-quvvatlash uchun yetarlicha kuchli boʻlmaganligi sababli, Isshiki oʻzini unda jonlantirmadi. Buning oʻrniga, u koʻproq mos keladigan „qurbon“ topilishini kutdi. Vaqt oʻtishi bilan Isshiki Jigendan foydalanib, oʻz maqsadiga erishishga yordam beradigan Kara deb nomlangan yashirin tashkilot tuzdi. Kunlarningh birida Jigen Kavaki ismli bolani uning otasidan katta pulga sotib olgan. Uni oʻz qoʻliga olgandan soʻng, Jigen oʻzini Kavakiga uning yangi otasi sifatida tanishtirdi va Kavaki endi osoyishta yashashi mumkinligini aytdi. Keyinchalik, u Karmani Kavaki va boshqa oʻn toʻrt oʻgʻil bolaga topshirishga harakat qildi, buning uchun u turli xil tadqiqot olib bordi. ushbu tadqiqotda Kavaki 14 ta bolalar ichida yagona omon qolgan sinov obyekti edi. Jigen Kavakini Karmani oʻzlashtirishi uchun mashaqqatli mashgʻulotlardan oʻtkazdi va uni doimo Karma uchun qadrli boʻlgani sabab jazolardi, u har doim savol berganda bolani urar edi. Karaning qolgan qismi singari, Jigen ham Amado tomonidan Kagaku Ningu joriy etilishi sabab oʻzgartirildi.

Imkoniyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anime va Mangada Karaning rahbari va Otsutsuki Isshiki qarami sifatida Jigen kuch va qobiliyat jihatidan haqiqiy yirtqich hayvon va oʻz tashkilotining eng kuchli aʼzosi sifatida koʻrsatiladi, uning kuchini hatto ittifoqchilari ham anglay olmaydi. Garchi, bu kuch oʻzidan keladimi yoki shunchaki Isshiki qobiliyatini takrorlaydimi, nomaʼlum boʻlsa-da, Ino Yamanaka shunchaki uning energiyasini sezib, Uzumaki Narutoga Konoha Keimu Butay koʻrinishidagi qoʻshimcha kuchlar kerak, deb qaror qildi.[3] Hatto oʻzini tutib tursa ham, Jigen bir vaqtning oʻzida Naruto va Sasuke Uchihaga qarshi tura oldi, bu Kashin Kouji va Kavakining uni yengish uchun faqatgina Hokagening oʻzi yetarli emasligi haqidagi eʼtiroflarini tasdiqladi.[4][2] Naruto va Sasuke Jigenni oʻzining haqiqiy kuch manbasiga murojaat qilishga majbur qilishlariga qaramay, u ikkalasini ham osonlikcha magʻlub etdi. Isshiki Outsutsuki kuchiga ega boʻlganidan keyin, Narutoni muhrlab qoʻydi va Sasukeni chalajon holatga keltirdi. Jang Jigenni juda zaiflashtirdi, u Kawakini qaytarib olish uchun urinishidan voz kechishga va ikki kunlik tiklanish jarayonini boshdan oʻtkazishga majbur boʻldi.

Jigen yaqin masofali jangda qurolli yoki quroliz holatda ham juda mohir jangovar jangchi. U animeda aql bovar qilmaydigan tezlik va kuchni namoyish etdi