Kontent qismiga oʻtish

Jilovdor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jilovdor — oʻtmishda hukmdor otini qabul qilib oluvchi shaxc. J. hukmdor otini jilovlash bilan birga, uning otga minishi va tushishiga koʻmaklashgan. J. hokim otxonasiga yaqin xonada istiqomat qilgan va bu xona jilovxona deb atalgan. Hukmdor qarorgohiga kelgan mehmonlarning otlarini J. olib qolib, to oʻz yurtiga qaytguniga qadar oziqlantirgan. Har bir viloyat hokimining maxsus J.i boʻlgan. Buxoro amirligida J. saroy mansablaridan biri hisoblanib, oʻz vazifasiga koʻra zinbardor "otni egarlovchi", avrangbardor "safar taxti (kursi) ni koʻtarib yuruvchi" hamda roiz "otlarni parvarish qiluvchi, otboqar" bilan teng mavqega ega boʻlgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil