Jiltemasoy
Qiyofa
Jiltemasoy | |
---|---|
Jiltemasoy yuqori oqimida, mayda | |
Tavsif | |
Uzunligi | 18 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Jiltemasoy |
Jiltemasoy — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi soy. Qalamjarsoy (Selsoy)ning chap irmogʻi. Oqtov tizmasining shimoliy yon bagʻridagi Langar qishlogʻi yonidan boshlanib, shim.ga tomon oqadi. Kirichsoy qoʻshilgandan soʻng Nurota tekisligiga chiqadi va Chuyamoy deb ataladi. Qalamjarsoygacha yetib bormasdan Soykechar qishlogʻidan 3 km janubi-gʻarbda qurib qoladi. Uzunligi 18 km, xavzasining maydoni (togʻli qismi) 25 km2. Jiltemasoy qisman qor, asosan yomgʻir, buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 80 —100 l/sek. Suvi fevral— aprelda koʻpayadi, may, ayniqsa, iyundan kamayib ketadi. Lekin havzasida buloqlar koʻp boʻlganidan butunlay qurib qolmaydi.[1]
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Jiltemasoyning chap irmog`i, sharshara
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |