Jim Boeven

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jim Boeven
0.9px
Tavalludi 11-noyabr 1967
Germany
Fuqaroligi Germaniya
Kasbi Actor
Faoliyat yillari 1992-yil-hozirgacha
Veb-sayti jimboeven.com

Jim Boeven (1967-yil 11-noyabrda tugʻilgan) — germaniyalik kino va televideniye aktyori. Germaniya yulduz sifatida tanilgach, 2007-yilda Los-Anjelesga koʻchib oʻtdi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boeven Germaniyaning Menden shahrida tugʻilgan. U 1991-yildan 1993-yilgacha UCLA va Los-Anjelesdagi Aktyorlar markazida, keyin esa Kyolndagi Hollywood Acting Workshopda aktyorlik mahoratini oshirgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U oʻz faoliyatini Kyolnda boshlagan va tezda Yevropaning 24 ta mamlakatida namoyish etiladigan 450 ta epizoddan iborat Alle lieben Julia, Jede Menge Leben va Jetlar — Leben am Limitnomli dasturlarida foliyatini davom ettirgan. Jim Boeven bosh yoki yordamchi qahramon rollarini ijro etgan.

U 1993-yilda oʻzining ilk amerikan filmi Marching Out of Timeda rol oʻynagan. Oʻshandan beri u Gollivudda ham, xalqaro miqyosda ham koʻplab badiiy va television filmlarda suratga tushdi. U Kolin Farrel va Bryus Uillisning Hartʼs War (2002) va Bollivudning Ketan Mehta rejissyorligidagi Colours of Passion (2008) filmda rol oʻynagan[1]. U Pol Shreyder va Bret Iston Ellis tomonidan The Canyons (2013) filmida rol ijro etgan va Jerri Brukxaymer tomonidan suratga olingan teleserialda mehmon sifatida ishtirok etgan. Boeven oʻzining dublyajdagi faoliyatini 1996-yilda boshlagan va 350 dan filmlarda ishlagan. U shuningdek, Call of Duty: Modern Warfare II (2022) va Call of Duty: Modern Warfare III filmlarida König roliga bergan ovozi bilan tanilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]