Jinjue masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Jinjue masjidi
净觉寺
Joylashuvi 32°01′26.4″N 118°46′59.7″E / 32.024000°N 118.783250°E / 32.024000; 118.783250 G OKoordinatalari: 32°01′26.4″N 118°46′59.7″E / 32.024000°N 118.783250°E / 32.024000; 118.783250 G O
Manzil № 28, Shengzhou yoʻli, Qinxuay, Nankin, Szyansu, Xitoy

Jinjue masjidi (simplified Chinese: 净觉寺; traditional Chinese: 淨覺寺; pinyin: Jìngjué Sì) – Xitoyning Szyansu provinsiyasi Nankin shahri Qinxuay tumanidagi masjid[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid 1388-yilda Min sulolasi imperatori Chju Yuanchjan buyrugʻi bilan qurilgan. Masjid qurilishi 1392-yilda yakunlangan[2]. Xuande imperatori hukmronligi davrida Chjen Xe masjidni taʼmirlashni soʻrab murojaat qildi va birinchi muhim taʼmirlash 1430-yilda amalga oshirildi[3]. Keyingi kengaytirish va taʼmirlash XVI asr oʻrtalarida Jiajing imperatori tomonidan amalga oshirildi. Boshqa taʼmirlash ishlari 1492-, 1877-, 1879-, 1957-, 1982-, 1984- va 2002-yillarda amalga oshirilgan. 19-asrning oxiriga kelib, Tayping qoʻzgʻoloni natijasida masjid 264 gektardan atigi 1650 kvadrat metrga qisqartirildi va masjidning soliqlari kamaytirildi[2]. Hozirgi inshoot Sin sulolasi oxirida qurilgan va uning maydoni 0,4 gektargacha qisqartirilgan. 2007-yilda Nankin munitsipal hukumati koʻmagida masjid taʼmirlandi. 2014-yilda hukumat yonidagi boshlangʻich maktabni masjid hududiga qoʻshib, uning maydonini ikki barobarga oshirdi[manba kerak].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jinjue masjidi xitoy-islom uslubida puxta ishlab chiqilgan. Uchta kirish eshigining yuqori markazida lavha bor, u „imperator buyrugʻi bilan berilgan“ va pastki qismida „Jingjuesi“ (masjid nomi) deb yozilgan. Masjidning bir necha hovlilari, qabulxona, tahoratxonasi, vestibyul, mehmonlar uchun xonalari, namozxona, oshxona va masjidning gʻarbiy uchida joylashgan mehrob mavjud[4].

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidga Nankin metropolitenining Sanshanjie stansiyasidan shimoli-sharq tomon piyoda borish mumkin.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Chinese Emperor's Poem about the Prophet Muhammad (saw)“. Al Siraat.
  2. 2,0 2,1 Steinhardt, Nancy Shatzman. China's Early Mosques. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2015 — 131–132 bet. ISBN 978-1-4744-3721-9. 
  3. „Nanjing Jingjue Mosque“. Top China Travel. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  4. Steinhardt, Nancy Shatzman. China's Early Mosques. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2015 — 131–132 bet. ISBN 978-1-4744-3721-9.