Jinoiy jazo
Jinoiy jazo – jinoyat sodir etganlikda ayblangan shaxsga nisbatan davlatning majburlov chorasi. Sud hukmi bilan qoʻllanadi. Jinoiy jazoning qatʼiy roʻyxati faqat jinoyat qonunida beriladi va jinoyat kodenksida koʻrsatilmagan boshqa birorta chora J. j. chorasi hisoblanmaydi. Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan tayinlanadigan jinoiy jazoning turi va ogʻirlik darajasi sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligi darajasiga bogʻliqdir. jinoiy jazoning boshqa majburlov choralaridan farqi uning davlat nomidan sud tomonidan tayinlanishi, jazolash (maʼnaviy, moddiy, jismoniy cheklash) darajasining ancha yuqori boʻlishi, mahkumning huquq va erkinliklari qonunda belgilangan tartibda jiddiy cheklanishidadir. Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat kodeksiga koʻra, jinoiy jazochoralari quyidagilardan iborat: jarima, muayyan huquqdan maxrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish, oʻlim jazosi, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum etish.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |