Jinoyat ishini tugatish
Jinoyat ishini tugatish - dastlabki tergov, surishtiruv olib borilayotgan yoki sudda koʻrilayotgan ishning hukm chiqarilmay tugatilishi. Jinoyat yuz bermagan; mazkur qilmishda jinoyat tarkibi boʻlmagan; jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtgan; amnistiya eʼlon qilinib, unda mazkur jinoyat uchun jazo qoʻllanmasligi koʻrsatilgan; ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan; qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotgan; shaxs vaziyat oʻzgarishi bilan ijtimoiy jihatdan xavfli boʻlmay qolgan; u qilmishiga chin koʻngildan pushaymon qilgan va b. hollarda jinoyat ishi tugatiladi. Bu holatlarning birontasi avvaldan maʼlum boʻlsa, jinoyat ishi qoʻzgʻatilmaydi. J. ilmiy tadqiqot haqida tergovchi — qaror, sud — ajrim chiqaradi. Manfaatdor shaxs yoki tashkilot bunday qaror (ajrim) ustidan 5 kun ichida prokurorga (yuqori sudga) shikoyat qilishi mumkin (OʻzR JPK, 373-374, 401-moddalar).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |