Jinoyat ishlarini birlashtirish va ajratish
Jinoyat ishlarini birlashtirish va ajratish – OʻzR JPKning 332-moddasiga muvofiq, bitta tergov yoki sud ish yurituviga faqat bir necha shaxsning bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etganlikda ayblanishiga doir ishlar yoxud bir shaxsning bir necha jinoyatni sodir etishda ayblanishiga doir ishlar birlashtirilishi mumkin[1] [2].Bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etishda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan ishni ajratishga, basharti bu ish holatlari bo‘yicha zarur bo‘lib qolsa hamda bunday ajratish surishtiruvning, dastlabki tergovning va sud tomonidan ishni ko‘rib chiqishning to‘liq va xolisona bo‘lishiga ta’sir qilmasa, yo‘l qo‘yiladi.[3]
Tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan yangi jinoyat aniqlangan taqdirda, jinoyat ishining mazkur holatga doir qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan holda alohida ish yurituvga ajratiladi.
Ishlarni birlashtirish va ajratish surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan amalga oshiriladi.
- ↑ OʻzR Jinoyat protsessual kodeksi
- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi
- ↑ , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „Jinoyat protsessual kodeksi“.