Jinoyat protsessual huquqi
Jinoyat protsessual huquqi - HUQUQ tarmogʻi; jinoyat ishini tergov qilish va hal qilishda sud, prokuratura, tergov va surishtiruv organlarining faoliyatini, ularning bu borada fuqarolar va muassasalar bilan munosabatini hamda ayblanuvchi, jabrlanuvchi, ayblovchi, himoyachi va b. protsess ishtirokchilarining huquq va burchlarini belgilaydigan huquqiy normalar yigʻindisi. Oʻzbekiston Respublikasining J. p. h. demokratik prinsiplarga va qonuniylikka asoslangan boʻlib, vazifasi jinoyatlarni tez va toʻla ochish, aybdorni fosh etish, jinoyat qilgan har bir shaxsga odilona jazo berish va hech kimni aybciz jinoiy javobgarlikka tortmaslikni taʼminlashdan iborat. Sud, prokuratura, tergov va surishtiruv organlari hamda protsessning boshqa ishtirokchilari faqat qonunda koʻrsatilgan vakolat doirasida harakat qiladilar. J. p. h. Oʻzbekiston Respublikasining JPK va boshqa qonun aktlarida ifodalangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |