Kontent qismiga oʻtish

Jirm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jirm, Jurm — Badaxshontdagi oʻrta asr shaharlaridan biri. Fayzobod (Afgʻoniston)dan 30 km jan.-sharqda joylashgan. Mahalliy rivoyatlarga koʻra, qadimda J. Golan deb atalib, Badaxshondagi qalʼalar ichida eng yirigi boʻlgan. Tarixiy manbalar ("Shohnoma")da ilk bor 5—6-asrlarga oid voqealar munosabati bilan qayd etilgan. 9-asrda J. Balx viloyatining Tibetga boradigan sharqdagi eng chekka shaqri hisoblanib, uning jome macjidi boʻlgan. Arab geografi Yoqut Hamaviyning taʼkidlashicha, J. Badaxshonning bosh shahri boʻlgan. 10-asrda somoniylar davrida J.da zarbxona mavjud boʻlib, unda kumush tangalar zarb qilingan. 20-asr bo-shida Koʻkcha daryosining har ikki sohilida joylashgan J.ning katta bozori va bir necha karvonsaroyi boʻlgan. Hozirda J. Afgʻoniston Badaxshonidagi keng tumanning maʼmuriy markazi hisoblanadi.

  • Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil