Jismoniy madaniyat
Jismoniy madaniyat - umum insoniy madaniyatning bir qismi, inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohasi. Jamiyatdagi J. m. holatining asosiy koʻrsatkichlari: odamlarning sogʻlomligi va jismonan chiniqqanligi, J. m.ning tarbiya va taʼlim sohasida, i. ch.da, turmushda qay darajada tatbiq qilinayotganligi, sportdagi yutuqlar va hokazo. J. m. xalq oʻyinlari, jismoniy mashqlar, sportni va turizmning faol harakat talab qiladigan koʻrinishlarini oʻz ichiga oladi. J. m. tibbiyot, ekologiya, pedagogika, psixologiya kabi fanlar bilan bogʻliq holda shakllangan va rivojlangan. U jamiyat taraqqiyoti, odamlarning samarali mehnat qilishi, aqliy imkoniyatlarning ravnaq topishi, axloqiy poklanish, kelajak nasllarning jismoniy ahvoliga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir oʻtkazadi (yana q. Jismoniy tarbiya, Sport).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |