Kontent qismiga oʻtish

Jismoniy shaxs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jismoniy shaxs (fuqarolik huquqida) — huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi boʻlgan alohida fuqaro (chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar)ni ifodalovchi tushuncha.

Huquq va muomila loyaqati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jismoniy shaxsning huquq layoqati shaxs tug`ilganidan to uning vafotiga qadar amal qiladi. Muomila layoqati esa shaxs 18 yoshga yetganidan (emansipatsiya holatida esa 16 yoshdan )vujudga keladi. Yuridik shaxslarda huquq va muomila layoqati bir vaqtda vujudga keladi.

Jismoniy shaxs bevosita oʻz nomidan ish yuritadi — faoliyat yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma — tegishli firma yoki korxonani qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishi shart emas. Jismoniy shaxs mulk huquqi asosida mol-mulkka ega boʻlishi, uni meros qilib olishi va vasiyat etib qoldirishi; bankda oʻz jamgʻarmalarini saqlashi; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xoʻjaligi bilan, qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishi; yollanma mehnatdan foydalanishi; yuridik shaxs tashkil etishi; shartnoma, bitimlar tuzishi va majburiyatlarini bajarishi; oʻziga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning qoplanishini talab qilishi; mashgʻulot turini va yashash joyini tanlashi; fan, adabiyot va sanʼat asarlari, qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa intellektual faoliyat samaralarining muallifi huquqiga ega boʻlishi mumkin.

Qonun hujjatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolar — jismoniy shaxslarning huquq va burchlariga oid qonun-qoidalar O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik Kodeksi va boshqa qonunlarida belgilangan. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil