Jivet asri va yarusi
Qiyofa
Jivet asri va yarusi (Fransiya shim.dagi Jive sh. nomidan) — devon davri oʻrta epoxasining kechki asri va oʻsha vaqtda hosil boʻlgan yotqiziqlar. Belgiyalik geolog J. Gossle (1880) Ardennada aniqlagan. J.a. va ya. asosan gilmoya, qumtosh, alevrolit, gravelit, dolomit va ohaktoshlardan iborat. Dengiz yotqiziqlaridan braxiopodali (Stringocephalus burtinii Defr. va b.), baʼzan goniatitli (Maenioceras, Agoniatites va b.) ohaktoshlar koʻproq uchraydi. Oʻzbekistonda Chatqol, Qurama, Olay togʻlarida va Qizilqumdagi togʻliklarda J.a.va ya. yotqiziqlari keng tarqalgan. Yarus yotqiziqlari Angliya, Amerika, Avstriya, Markaziy Qozogʻiston, RF (Sibir va Ural), Oʻrta Osiyoda ham uchraydi. (yana q. Devon davri).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |