Kontent qismiga oʻtish

Jizzaxplastmassa aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

„Jizzaxplastmassa“ aksiyadorlik jamiyati – plastmassa mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona. „Oʻzkimyosanoat“ uyushmasi tizimida faoliyat koʻrsatadi. Respublika sanoatini rivojlantirish va Jizzax viloyatidagi choʻl zonasini oʻzlashtirish maqsadida 1960-yilda Jizzax plastmassa quvurlari zavodi qurilishi loyihalashtirildi. Zavod oʻzining birinchi mahsuloti – polietilen plyonkalar va mashinasozlik uchun butlovchi buyumlarni 1972-yildan boshlab ishlab chiqara boshlagan. 1980-yilda zavod qayta rekonstruksiya qilindi va polietilen quvurlar ishlab chiqaradigan plastmassa zavodiga aylantirildi. 1996-yilda Germaniya va Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiyalar oʻrnatilib, polietilen plyonka ishlab chiqarila boshladi va shu yili hozirgi nomidagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Yiliga 10 ming tonnagacha plastmassa quvur, 18200 tonna polietilen plyonka ishlab chiqarish quvvatiga ega. Shoʻrtangaz majmuining ishga tushirilishi munosabati bilan qoʻshimcha 3 ming tonna yuqori issiqlikka chidamli polietilen plyonkalar va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Mahsulotlari respublika ichki ehtiyojlariga ishlatiladi.[1]

  1. Jizzaxplastmassa aksiyadorlik jamiyati“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 3-jild (Gidrofiliya — Zebralar). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2002 — 704-bet.