Kontent qismiga oʻtish

Joʻrayevlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Jo'rayevlardan yoʻnaltirildi)

Joʻrayevlar – samarqandlik aka-uka toshtarosh ustalar: 1) Jalil Joʻrayev (1892—1977) toshtaroshlikni togʻasi Abdurayim Obidovdan oʻrgangan. Oʻrta Osiyo davlat universiteti (ishchilar fakulteti)da taʼlim olgan (1923—25). Samarqanddagi „Marmar“ (1927—35), „Gornyak“ (1936—43) artellarida ishlagan; 2) Bolta Jurayev (1893-1973) meʼmorlikni otasi usta Joʻradan oʻrgangan. „Marmar“ (1929—35), „Gornyak“ (1937—43) artellarida ishlagan. J. Samarqand, Toshkentda koʻpgina bi-nolarni bezashda qatnashgan: Toshkent temir yoʻl vokzalining eski binosi, Toshkent kuranti, Oʻzbekiston FA Prezidiumi binosi, hozirgi „Bahor“ konsert zali; Navoiy teatri binosining marmar zinalari bezagi uchun Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1948). Asarlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi[1].

  1. „Joʻrayevlar“ OʻzME. J-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil