Kontent qismiga oʻtish

Joʻrayevlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Joʻrayevlar — samarkandlik akauka toshtarosh ustalar: 1) Jalil Joʻrayev (1892—1977) toshtaroshlikni togʻasi Abdurayim Obidovdan oʻrgangan. Oʻrta Osiyo davlat universiteti (ishchilar fakulteti)da taʼlim olgan (1923—25). Samarqanddagi "Marmar" (1927—35), "Gornyak" (1936—43) artellarida ishlagan; 2) Bolta Jurayev (1893-1973) meʼmorlikni otasi usta Joʻradan oʻrgangan. "Marmar" (1929—35), "Gornyak" (1937—43) artellarida ishlagan. J. Samarkand, Toshkentda koʻpgina bi-nolarni bezashda qatnashgan: Toshkent temir yoʻl vokzalining eski binosi, Toshkent kuranti, Oʻzbekiston FA Prezidiumi binosi, hozirgi "Bahor" konsert zali; Navoiy teatri binosining marmar zinalari bezagi uchun Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1948). Asarlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil