Kontent qismiga oʻtish

Toʻxtamurod Joʻrayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Toʻxtamurod Joʻrayevich Joʻrayev (1934.25.10, Toshkent — 2009.14.09, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1989), Oʻzbekistonda xizmtg koʻrsatgan fan arbobi (1991), fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1973). Toshkent Davlat Universiteti ni tugatgan (1958), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika pa inshootlarni n g seysmik mustahkamligi instituti direktori (1974-85), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida direktor (1985—92 va 1997-yildan), Toshkent Davlat Universiteti rektori (1992— 95), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (1995— 2000). Ilmiy ishlari xususiy hosilali differensial tenglamalar va chegaraviy qatlam nazariyasiga oid. Uning aralash va aralash-qoʻshma tipli tenglamalarga oid ishlarida yangi chegaraviy masalalar oʻrganilib, muhim na-tijalar olingan; matematik fizikada muhim tatbiklarga ega boʻlgan chegara-viy qatlam nazariyasiga oid ishlarining axdmiyati katta. J. bir qancha xalqaro akademiyalar va xalkaro jamiyatlar aʼzosi. Koʻp jildli (1-, 2-j., T., 1999) "Oliy matematika asoslari" darsligi hammuallifi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (1992— 95), 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). "Doʻstlik" (1996), "Mehnat shuhrati" (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Krayevie zadachi dlya uravneniy smeshannogo i smeshanno-sostavnogo tipov, T., 1979.