Joʻra Abdurasulov
Qiyofa
Joʻra Majidovich Abdurasulov (8-may 1921-yil – Toshkent – 10-sentyabr 1990-yil) – rentgenolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), tibbiyot fanlari doktori (1952), professor (1954). Sam-MI rentgenologiya kafedrasining dotsenti (1948-1951), 1952-yildan Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining kafedra mudiri, Oʻzbekiston rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1958-76). Joʻra Abdurasulovning asosiy ilmiy ishlari ultratovush diagnostikasi, toʻgʻri ichak rakining rentgenodiagnostikasi va koʻp sonli rak kasalligi muammolariga oid. U rakka qarshi va radiologiya sohasidagi xalqaro anjumanlarda qatnashgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |